III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
84
@edurtm_uz
Uch guruhga bo‘lining. Quyidagi infografikalardan birini tanlab, undagi
fikrlarni izohlang.
HARAKAT
TO'SIQLARGA DUCH KELGANDA:
Xolis bo‘ling,
hislarni
jilovlang
Muammoga
boshqa
tomondan
qarang
Kuchli
jihatingizga
diqqat
qiling
Ko‘zingiz
yetgan
vazifalarga
kuch sarflang
Boshqalarga
hadeb
ishonib
qolmang
Oxirgi
soniyada
ham imkon
izlang
Imkoningizni
aniqlang
Harakatni
boshlash –
birinchi qadamni
tashlashdir
Kuch
ni kerakli
nuqtaga
yo‘naltiring
Muvaffaqiyatsiz-
likdan qo‘rqmang,
bu –
qimmatli saboq
Har ishni ishtiyoq
bilan qiling
Imkoniyatdan kelib chiqib,
amaliy natijani ko‘zlang
Ijodkor,
kreativ va
o‘ziga xos bo‘ling
E‘tiborli
bo‘
ling,
bosqichma-bosqich
harakatlaning
HARAKAT BILAN TO‘SIQLARNI YENGISH MUMKIN
Jamoaviy mashg‘ulot
85
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Muvaffaqiyat, bu – yerga urilgach, iloji boricha balandroqqa sakrash
degani.
MUVAFFAQIYAT KALITI – MEHNATSEVARLIK
Ravshan bolaligidan otasiga ergashib,
«Paxtakor» stadioniga borishni xush
ko‘rar edi. Haybatli stadionda u ilk
orzulariga duch keldi –
taniqli sportchi
bo‘lish.
«Muvaffaqiyat orzularining chin va
chiroyli ekaniga ishonganlarga nasib
qiladi», degani rost ekan. Futbolga mehr
va o‘z ustida mehnat uni taniqli «Pax-
takor» jamoasining
yoshlari tarkibiga
qo‘shdi. Ravshan o‘n yetti yoshidan
boshlab futbol bilan jiddiy shug‘ullana
boshladi. Qishning ayozli kunlarida kuyunchaklik bilan bugun stadionga
bormay qo‘ya qolishini so‘ragan onasiga xavotir olmasligini aytib,
xotirjam
qilar edi.
Lekin o‘n to‘qqiz yoshida olgan jarohati tufayli u katta futbol bilan
xayrlashishga majbur bo‘ldi. Ravshan uchun qiyin davr boshlandi –
tushkunlik. Bir kuni Ravshan otasi bilan birgalikda sportda muvaffaqiyatga
erishishga oid muhim rejani ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, olti yo‘nalishda
vazifalar belgilab olindi:
Dostları ilə paylaş: