III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
82
@edurtm_uz
To‘siqlar
Harakat
Natija
21-MAVZU: MUVAFFAQIYAT – QIMMATLI
TAJRIBA MEVASI
1. Muvaffaqiyatga ta’rif bering. Sizningcha, muvaffaqiyatsizlik nima?
2. Muvaffaqiyatni qachon his qilish mumkin?
3. Muvaffaqiyatga erishsangiz, uni qanday nishonlaysiz?
Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Siz o‘zingiz havas qilgan biror insonning hayotini o‘rgansangiz,
uning muvaffaqiyatga osonlik bilan erishmaganligiga guvoh bo‘lasiz.
Yaxshi hayot ga erishgunga qadar har bir kishi sinovlardan o‘ta-
di, mag‘lubiyatga uchrab, yaxshi hayot uchun kurashadi. Hayotda ko‘p
sinovdan o‘tganlar odamlarni oson tushunadilar, his qiladilar, mulo-
yimlik va jonkuyarlik bilan boshqalarning yarasiga malham bo‘lishga
intiladilar. Bunday odamlarning kamol topishi – hayotning noyob
hodisasi.
Asl muvaffaqiyatsizlik, bu – hayotda harakatdan
to‘xtash. Intilayotgan ekansiz, hali sizda imkon
bor. Orzu va rejalar ortidan qunt bilan bor-
gan, boshqalardan ko‘proq mehnat qi
-
lib, maqsad sari intilgan inson
muvaffaqiyatdan ko‘proq huzur-
lanadi. Kechagi muvaffaqiyatsizlik
bilan yashamang. Muvaffaqiyatsizlik-
ni tajriba, o‘sish va rivojlanish uchun
saboq hamda imkon sifatida qabul
qiling.
1. Muvaffaqiyatsizlik bizni nimaga o‘rgatadi?
2. Hayot mashaqqatlari insonlarning fe’l-atvoriga qanday ta’sir
qiladi?
3.
Yuqoridagi matnga asoslanadigan bo‘lsak, hayot qiyinchiliklarini
ko‘rgan odamni yaxshi odam deyish mumkinmi?
4. Muvaffaqiyatsizlikni qanday qabul qilish kerak?
Dostları ilə paylaş: