III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
86
@edurtm_uz
Yuqoridagi matnga asoslanib, quyidagi fikrlarni daftaringizda
davom ettiring:
Ravshan Ermatovning hayotini stadionga tashrifi o‘zgartirib yuborgan,
chunki ... .
Orzularingizga ishonsangiz, bir kuni ... . Sababi, orzular ... .
Ravshan ... tufayli qishning qahratonida ham mashg‘ulotlarni
qoldirmadi. Ravshanning muvaffaqiyatida
otasi muhim ahamiyatga ega,
sababi ... .
Xalqaro sportchi
... kabi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Sportchi xorijiy tilni bilishi kerak, boisi
... .
Men kelajakda muvaffaqiyat
qozonishimga ishonaman, chunki men ... .
Uzoq muddatli maqsad – strategiya ish berdi. Ravshan 25 yoshidan
boshlab xalqaro futbol o‘yinlarini boshqarish uchun taklifnoma oldi.
Otasi uning yaqin ustozi bo‘ldi – har bir o‘yindan keyin ular natijalarni,
tafsilotlarni tahlil qilishdi. Oldindagi muvaffaqiyatlar
nafaqat uning oilasi,
balki butun O‘zbekistonning iftixoriga aylandi.
Futbol olamida O‘zbekistonning faxri bo‘lgan Ravshan Ermatov 1977-yil
9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U uch marta Jahon
chempionatida 11 ta o‘yinni boshqargan va bu borada rekordchi sanaladi.
U 5 karra «Osiyoning eng yaxshi hakami» deb tan olingan. Ravshan Ermatov
2015-yilda nufuzli «Globe Soccer Awards» tadbirida «Yilning eng yaxshi
hakami» nominatsiyasida mukofotlangan.
Ravshan Ermatovning uzoqni ko‘zlagan muvaffaqiyatli rejasini muhokama
qiling.
Xorijiy tillarni o‘rganish
Professional hakamlik salohiyatini oshirish
Sport yo‘nalishida chuqur o‘qib-izlanish
O‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish
Jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash
Taniqli hakamlarning tajribasini yaqindan o‘rganish
Dostları ilə paylaş: