BILIM – ISHONCHLI PANOH Fransuz olimi Bleyz Paskalning universitetdagi ta’sirli ma’ruzasidan so‘ng
talabalardan biri unga: «Ilm-fan kelajagi haqida ishonch bilan gapirishingiz
tahsinga sazovor. Agar men ham sizdagi kabi ishonchni egallaganimda
bormi, ilm-fan haqida shunday yuksak ishonch bilan so‘zlar edim», dedi
havas bilan. «Sen avval ilm-fanni egalla, ana shunda mendagi kabi
ishonch senda ham bo‘ladi», dedi faylasuf tabassum bilan. Aristotel
aytgani kabi, «Inson uchun hayotda eng ishonchli panoh – bilimdir».
CHEGARANGIZNI KIM TORAYTIRDI? Bolaligingizni eslay olasizmi? Sizdan «Shu ishni qila olasizmi?» deb
so‘rashsa, hech ikkilanmasdan «Albatta» der edingiz, to‘g‘rimi? Endi-chi?
O‘sha ishonch qanchalik o‘zini oqladi? Imkoniyatlaringiz chegarasini
kim toraytirdi? Kim sizni pessimist qilib qo‘ydi? Bu – o‘zingiz! Endi o‘zingiz
o‘sha, bolalikdagi ishonchni qaytarishga urinib ko‘ring.
Quyidagi salbiy fikrlarga qarshi ijobiy fikrlarni yozing: «Men buni bajara olarmikanman?»
«Boshqalar mendan aqlliroq va muvaffaqiyatga munosibroq».
«Bu ish allaqachon qilingan-ku!»
«Bu ishga urinib ko‘rsam boshqalar nima deydi?»
«Men bunga hali tayyor emasman».
«Tavakkal qila olmayman, rejalarim o‘xshamasa, mening ustimdan
kulishsa-chi?»
«Meni baribir omadim chopmaydi».
«Och qornim – tinch qulog‘im, oddiy va tinchgina yashaganim ma’qul».
Uch kishidan iborat guruhlarga bo‘lining va quyidagi savollarga javob bering. «Bizning kuchli tomonlarimiz» 1-guruh. Bugun mening kayfiyatimni ko‘targan voqea, bu ...
Men ... da o‘zim bilan faxrlanaman.
Men ... da zavqlanaman.
2-guruh. Men oilamni ... bilan qoyil qoldiraman.
Kecha men erishgan eng muhim muvaffaqiyat, bu ...
Kechagi kunimning eng muhim qismi ... edi.
Mulohaza uchun Amaliy faoliyat