95
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Jamoaviy mashg‘ulot
Bilasizmi?
Jamoaviy mashg‘ulot
oodd
xx iim
m
ll
ii
ii
YY
Sinfdoshingiz bilan quyida
gi mavzulardan birida 5 daqiqa suhbat-
lashing. Suhbat chog‘ida yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
1-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Menimcha, hayotda iqtidordan ko‘ra qattiq mehnat
qilishning ahamiyati balandroq.
Ikkinchi o‘quvchi: – Nega bunday deb o‘ylaysiz? Menimcha …
2-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Muammolarni hal qilishga sizdagi qaysi xususiyat
ko‘proq yordam beradi?
Ikkinchi o‘quvchi: – Men, odatda, muammolarga duch kelsam …
3-suhbat:
Birinchi o‘quvchi: – Men hozirdan kelajakda
yaxshi daromad topish
mumkin bo‘lgan kasbni egallash haqida o‘ylayapman.
Ikkinchi o‘quvchi: – Mening fikrimcha, kasb masalasida avval pulni
o‘ylash – xato. Birinchi galda kasbni yaxshi ko‘rish kerak, chunki …
Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi ish beruvchilar sinov davrida
yangi ishga kirgan xodimda 5
ta asosiy layoqat-
larning bor-yo‘qligini shakllanganligigi e’tibor
beradilar. Bular:
– tinglay olish va samarali muloqot qilish;
– tanqidiy fikrlash va muammoga yechim topish;
– jamoada ishlash;
–
raqamli savodxonlik;
– vaqtni to‘g‘ri taqsimlash.
Quyidagi mavzulardan birini jamoangiz bilan muhokama qiling:
Nega ish beruvchi, birinchi navbatda, xodimning tinglash va samarali
muloqot qilish layoqatiga e’tibor beradi?
Sizningcha, vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olish qobiliyati xodimga nega kerak?
Quyidagi fikrlarni izohlang:
Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi – fikrni
chiroyli va tushunarli
qilib ifodalamoqdir. Nutqi tushunarli kishining atrofida uni tushunadiganlar
ham ko‘p bo‘ladi.
Kaykovus
Fikrni
ifodalash
sirlari