Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


Quyidagi ko‘rsatma asosida «Mehribon odamlar» mavzusida kichik



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Quyidagi ko‘rsatma asosida «Mehribon odamlar» mavzusida kichik
hikoya tuzing.
Siz tanimagan kimdir sizga qilgan mehribonchiligini eslang. Buning
mehribonchilik ekanini qanday bildingiz? Nima bo‘lganini tasvirlang.
O‘zingizni qanday his qilgan edingiz? Bu voqea nega sizni boshqalarga
ham mehr-oqibatli bo‘lishga rag‘batlantirdi?


97
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Mustaqil faoliyat
25-MAVZU: KELAJAK KASBLARI
1. «Kasb» deganda nimani tushunasiz?
2. Kasb tanlashda adashish nimaga olib keladi?
3. Qanday omillar ayrim kasblar eskirib, yangilarining paydo bo‘lishiga
ta’sir qiladi?
4. «O‘z kasbining ustasi» deganda kimni tushunasiz?
Odamlar madaniy rivojlanishning ovchilik va temirchilik bosqichidan
o‘tganlaridan keyin, ma’lum shaxslarga muayyan vazifalarni bo‘lib berish
odat tusiga kirgan. Bu vazifa avloddan avlodga o‘tib, bora-bora aksar
odamlarning qaysi kasbni egallashlari tug‘ilishlariga qadar aniq bo‘lgan.
O‘sha davrlarda temirchining bolasi temirchi bo‘lishi ehtimoli yuqori
edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan sanoat inqilobi tufayli
bunyod bo‘lgan fabrika va zavodlarda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘payib ketadi.
Xususan, 1800-yillarda mashinist va metallurglarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan.
Ishlab chiqarishda avtomatlashtirish jarayoni rivojlangani tufayli ko‘p
vazifani bajaruvchi mashinalar ixtiro qilinib, keyinchalik ularni boshqa-
radigan va tuzatadigan mutaxassislarning davri keldi. Bugun esa bunday
mashinalarni ishlatish uchun zarur dasturni tayyorlaydigan dasturchilarga
ehtiyoj yuqori. 1970-yillarda qurilishdagi chizmalarni tayyorlovchilarning
ishi bo‘lgan bo‘lsa, 1990-yillarga kelib ularning vazifalari kompyuterlarga
o‘tdi. Bugun chizmalar o‘rnini 3D loyihalashtirish egalladi.
XXI asrda statistika, matematikadan xabardor insonlarning davri keldi.
Endi ular dasturchi yoki dasturiy ta’minot hisob-kitoblarini – axborotlarni
tahlil va talqin qiluvchi mutaxassislarga aylanishdi.
Texnikaga oid bilimlar muhim bo‘lib turgan bir davrda, XXI asr
mehnat bozoriga muloqot va hamkorlik qilish, jamoaviylik, tanqidiy va
ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin