77 Tarbiya, 9-sinf @edurtm_uz
Misol uchun: Maftuna blogida kuzatuvchilari sonini 2 mingtaga oshirish
uchun 10 kundan so‘ng 3 ta – Facebook, Telegram va Instagram tarmoqlarida
targ‘ibot roligini e’lon qilmoqchi.
Erishsa bo‘ladigan Maqsad qilayotganda amaliy rejalarni belgilang. Bilimingiz, iqtidor
hamda resurslarni hisobga olib, maqsadni belgilangan muddatda
amalga oshirishga ishonch hosil qiling.
Maqsad sizni ruhlantirsin, u siz qoqilishingiz mumkin bo‘lgan
to‘siqqa aylanmasin. Shu sababli ham erishsa bo‘ladigan maqsad
zarur. Buning uchun unga to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihatlarni
tanqidiy mushohada qiling.
Misol: Yosh bloger sifatida Maftuna blogidagi kuzatuvchilarni 1 oyda
5 000 taga oshirish imkonsiz ekanini angladi. Shu tufayli Maftuna avvaliga
2 000 kuzatuvchi to‘plashni maqsad qildi.
Ahamiyatga ega Maqsad ortidagi mohiyat yoki manfaat bizni manzilga
olib boradi. Maqsadning siz uchun, oilangiz, jamoangiz,
Vataningiz uchun ahamiyatini biling. Buni aniqlasangiz,
natija ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi.
Misol: Maftuna pazandalik blogini o‘zini o‘ylab ochgani
yo‘q. Uning maqsadi – buvisi va oyisidan o‘rgangan milliy
taomlar tayyorlashning noyob retseptlarini tengdoshlariga ham o‘rgatish.
Amalga oshirish muddati aniq Maqsadlar cheksiz bo‘la olmaydi – ularga
muddat kerak. Vaqt – muvaf faqiyatni o‘lchashning
yana bir muhim mezonidir. Maqsadingiz qachon
bajarilishi kerak? U bilan bog‘liq rejalarni aniq
vaqt oralig‘iga joylang va ana shu davrda ularning
amalga oshirilishiga diqqat qiling.
Misol: Maftuna blogida kuzatuvchilari sonini
bir oyda 2 000 taga oshirish uchun 10 kundan so‘ng tarmoqlarda reklama
roligini e’lon qilmoqchi.
Sizda ham maqsadni amalga oshirish uchun aniq muddat bo‘lsin,
shuningdek, amalga oshiriladigan ishlarni ketma-ketlikda amalga oshirishni
muayyan vaqtini belgilang.
Maftuna SMART maqsadini to‘g‘ri belgilab olgani, rejalarni o‘z
vaqtida hamda to‘g‘ri ketma-ketlikda bajargani uchun maqsadiga yetishdi.
Bugun uning blogini bir necha ming kuzatuvchi tomosha qiladi.
Maqsadni SMART texnologiyasi usulida belgilash juda muhimdir, chunki
u muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini maksimal darajaga oshiradi.
SMART maqsadlarni yaratish uchun qat’iy formula bo‘lishi shart
emas, aksincha, rejangizga kiritiladigan narsalarning nazorat ro‘yxati
zarur. Ya’ni, maqsadga olib boradigan qadamlarni to‘g‘ri belgilab olishingiz
kerak. Agar sizning maqsadingiz boshqa odamlar bilan ishlashni ham o‘z
ichiga olsa, ular buni ham bilishlari kerak.