III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
80
@edurtm_uz
TANIQLI DENGIZCHI JAK-IV KUSTONING KECHINMALARI
«Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni
muvaffaqiyat deyish mumkin. Buning uchun
kelajak tomonga aql bilan harakatlanish lozim.
Kelajak uni kashf etganlarga nasib qiladi.
Harakatchan insonlarga birinchi qadamni tash-
lashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning
ortidan esa ilm ergashadi. Jamiki hayrat ona
tabiat qo‘ynida yashiringan. Uning go‘zalligi
bizni hayotga bog‘lab turgan eng mustahkam
rishtadir.
Tarixning katta qismida inson omon qolish
uchun tabiat bilan kurashishga majbur bo‘lgan.
Endi esa u tirik qolish uchun tabiatni himoya
qilishi kerakligini anglay boshladi. Afsuski, Yer
insonlardan butun tarixga nisbatan XX asrda
ko‘proq aziyat chekdi.
Vaholanki, tabiat – biz yashayotgan umumiy
uyimizdir. Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan
amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish
bilan emas, atrof-muhitga hurmat ko‘rsatish
bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida ham,
tubida ham asosiy tashvishimiz insoniyatning
kelajagi bo‘lishi zarur».
Quyidagi savollar asosida maqsadingizni topishga urinib ko‘ring.
Mening maqsadim
1. Maqsadingizni ifodalang. Kichik detallarni ham aniq yozing: hidini,
ovozini, tashqi ko‘rinishini aniq tasavvur qilishga harakat qiling. Sizning
tavsifingiz qanchalik boy bo‘lsa, maqsadingizga erishish uchun miya
imkoniyatidan shunchalik unumli foydalanasiz.
2. Natijani yozing. Natija haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga harakat
qiling: maqsadga erishganingizda nima yuz beradi, shunda sizni kim
o‘rab turganini his qilasiz, u qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi, umuman,
intilgan narsaga erishganingizni qanday bilib olasiz?
3. Maqsadingiz xayrli ishga xizmat qilishiga ishonch hosil qilishingiz
haqida yozing. Maqsadingiz boshqalarga ziyon yetkazishini his qilsangiz,
undan voz keching.
Dostları ilə paylaş: