Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
88
@edurtm_uz
Jamoaviy mashg‘ulot
Amaliy faoliyat
Quyidagi hikoyani o‘qing va savollarga javob bering.
Yog‘och yetkazib beruvchi fabrika xo‘jayini Hindistondagi taniqli filchilik
fermasida g‘aroyib holatga duch keldi: fillar orqa oyog‘idan
bog‘lab qo‘yilgan edi. Ular bu arqonni bir
siltashda uzishlari mumkin bo‘lsa-da, unga
bo‘ysunib yurar edilar.
Bu yerda bahaybat jonivorlarni boshqa- 
rishda qafas yoki changaklarga zarurat yo‘q
edi.
Tadbirkor arqonning izmiga itoat qilgan
ulkan hayvonlarga hayrat bilan tikilar, har
qancha harakat qilmasin, ularning nega bu
ingichka arqonni uzishga urinmasliklariga aqli
yetmas edi. Sayyoramizning eng
qudratli jonzotlarini bu ahvolda ko‘rish ham
hayrat lanarli, ham achinarli.
Qiziquvchan tadbirkor buning sababini
so‘radi.
«Ularni go‘dakligidan shu o‘lchamdagi
arqon bilan bog‘lab qo‘yamiz. Yosh
filchalar avvaliga uni uzishga urinadilar,
kuchlari yetmasligini bilgach, yon 
beradilar. Ularda katta bo‘lgach ham «bu
arqonni uzishga ojizmiz» degan qo‘rquv
bo‘ladi va uni uzishga harakat qilmaydilar», – dedi ferma egasi.
Hikoyaga nima deb sarlavha
qo‘yish mumkin?
Hikoyadagi fillar hayotimiz-
dagi qanday odamlarning timsoli?
Hayotimizdagi qaysi «ar qon - 
lar» biz ni muvaffaqiyat uchun uri nib
ko‘rish dan to‘sib turadi?
O‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi?
Mehnat mobaynida orttirilgan tajriba tufayli.
Muttasil o‘qib-o‘rganish orqali.
Qat’iyat bilan erishilgan muvaffaqiyat sababli.


89
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Q
uyidagi fikrlarni muhokama qiling, uning mohiyatini anglang.

Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin