97
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Mustaqil faoliyat
25-MAVZU: KELAJAK KASBLARI
1. «Kasb» deganda nimani tushunasiz?
2. Kasb tanlashda adashish nimaga olib keladi?
3. Qanday omillar ayrim kasblar eskirib, yangilarining paydo bo‘lishiga
ta’sir qiladi?
4. «O‘z kasbining ustasi» deganda kimni tushunasiz?
Odamlar madaniy rivojlanishning ovchilik
va temirchilik bosqichidan
o‘tganlaridan keyin, ma’lum shaxslarga muayyan vazifalarni bo‘lib berish
odat tusiga kirgan. Bu vazifa avloddan avlodga o‘tib, bora-bora aksar
odamlarning qaysi kasbni egallashlari tug‘ilishlariga qadar aniq bo‘lgan.
O‘sha davrlarda temirchining bolasi temirchi bo‘lishi
ehtimoli yuqori
edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan sanoat inqilobi tufayli
bunyod bo‘lgan fabrika va zavodlarda bo‘sh ish o‘rinlari ko‘payib ketadi.
Xususan, 1800-yillarda mashinist va metallurglarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan.
Ishlab chiqarishda avtomatlashtirish jarayoni rivojlangani tufayli ko‘p
vazifani bajaruvchi mashinalar ixtiro qilinib,
keyinchalik ularni boshqa-
radigan va tuzatadigan mutaxassislarning davri keldi. Bugun esa bunday
mashinalarni ishlatish uchun zarur dasturni tayyorlaydigan dasturchilarga
ehtiyoj yuqori. 1970-yillarda qurilishdagi chizmalarni tayyorlovchilarning
ishi bo‘lgan bo‘lsa, 1990-yillarga kelib ularning
vazifalari kompyuterlarga
o‘tdi. Bugun chizmalar o‘rnini 3D loyihalashtirish egalladi.
XXI asrda statistika, matematikadan xabardor insonlarning davri keldi.
Endi ular dasturchi yoki dasturiy ta’minot hisob-kitoblarini – axborotlarni
tahlil va talqin qiluvchi mutaxassislarga aylanishdi.
Texnikaga oid bilimlar muhim bo‘lib
turgan bir davrda, XXI asr
mehnat bozoriga muloqot va hamkorlik qilish, jamoaviylik,
tanqidiy va
ijodiy fikrlash ko‘nikmalariga ega mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda.
Dostları ilə paylaş: