III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
98
@edurtm_uz
Quyidagi kasblarni tegishliligi bo‘yicha davrlarga bo‘ling. Ularning
qaysi asrda ommalashgani haqida o‘ylab ko‘ring.
XXI asrda o‘z dolzarbligini yo‘qotayotgan kasblarni aniqlang.
Bugungi
kunda dolzarb kasblarni egallash uchun qaysi ko‘nikma va bilimlar
kerakligini sanang.
Jamiyat muntazam o‘zgaradi va mehnat bozori u bilan hamohang
bo‘lishi uchun doimo unga moslashib borishga majbur. Texnologiya rivoji
kundalik o‘zaro munosabatlarimizni o‘zgartiradi,
turmush darajasi yuksalib,
yangi ish va xizmat turlari paydo bo‘ladi.
Bugun yoshlar o‘qituvchilik, shifokorlik kabi an’anaviy kasblar
bilan birga, yuzlab yangi kasblarni tanlash imkoniga ega.
Sartarosh, tosh yo‘nuvchi, pochtachi, bo‘zchi, telegraf ishchisi,
tungi
qorovul, kosib, jarchi, robototexnik, avtomobil ustasi, zavod-fabrika
ishchisi,
muz tashuvchi, boshqaruv tahlilchisi, aravasoz usta, baliqchi,
gazli
suv sotuvchisi, teri oshlovchi, elektron devayslari ustasi, meshkob,
qurilish muhandislari,
gul sotuvchi, lift operatori, bozorni o‘rganish
bo‘yicha tahlilchi, qurol-aslaha ustasi,
temirchi, fotosuratchi, to‘qimachilik
fabrikasining xodimi, kompyuter tizimlari tahlilchisi, attor, telefon operatori,
dasturchi, ...
Mulohaza uchun
Amaliy faoliyat