III bob. Orzu, maqsad va muvaffaqiyat
90
@edurtm_uz
3-guruh.
Mening ajralib turadigan jihatim, bu ...
Men haqimda eng noyob ma’lumot shuki, men...
...da o‘zim bilan faxrlanaman.
4-guruh.
Men ... da hayajonlanaman. Chunki ...
Men ...lar borligi uchun shukur qilaman.
Men o‘zimni ... chog‘imda baxtli his qilaman.
5-guruh.
Mening hayotimni go‘zallashtirgan
muhim narsa, bu ...
Bu hafta men erishgan eng muhim muvaffaqiyat, bu ...
Men ... da o‘zimni juda yaxshi his qilaman.
O‘zingizdagi «super-kuchlar»ni uyg‘oting
Film yoki kitoblardagi qaysi qahramonlarni bilasiz?
Ulardagi qaysi xislatlar sizni hayratga solgan?
Ularni oddiy insonlardan nimalar ajratib turadi?
MUVAFFAQIYAT KALITI – BILIM VA HARAKAT
Kolumbiya universiteti dunyoning eng nufuzli ta’lim
maskanlaridan hisoblanadi. Bu yerda o‘zbekistonlik
professor – Aziza Shonazarova ham dunyoning har
tarafidan kelgan talabalarga dars beradi. O‘zbek
olimasi Kolumbiya universitetiga 500
nafar nomzod
orasidan tanlab olingan.
Aziza siz kabi maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq
tirishqoqligi, qat’iyati bilan ajralib turgan.
U oldiga
qo‘ygan maqsadi sari sabr bilan intildi. Bunda uyidagi
kutubxonaning hissasi katta bo‘lgan.
Kitoblar Azizaning
eng yaqin suhbatdoshlari
edi. Kitoblar unga dunyoning jamiki sirlarini aytib
berishardi. U kitoblar orqali
yurtimiz tarixi qanchalar
boyligini angladi. Ana shu tarixni dunyoga ko‘rsatib
berishni maqsad qilib, ilm bilan shug‘ullandi.
Uning bilimi ustozlarida ham havas uyg‘otar edi.
Aziza hozir ham ko‘p kitob o‘qiydi, izlanishdan to‘xtamaydi. U arab,
fors, turk, rus, ingliz, fransuz, nemis, polyak
tillarida erkin muloqot
qila oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq,
Aziza
Shonazarova 2020-yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofot landi.
Dostları ilə paylaş: