A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   189
АУдит дарслик

Tashqi audit 
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy hisobotining haqqoniyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma 


16 
asosida auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘tkaziladi. Tashqi auditning asosiy 
xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech qanday manfaati 
bo‘lmagan, ya’ni uning mulkdori, ta’sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida 
ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan o‘tkazilishidadir. Agarda auditor 
tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta’sischisi, rahbari yoki boshqa lavozimida 
ishlaydigan shaxs bo‘lsa, u holda auditorlik faoliyati uchun berilgan litsenziya 
bekor qilinishi ham mumkin.
Tashqi audit korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini baholash hamda uning 
moliyaviy hisobotini tasdiqlash uchun o‘tkaziladi. Bundan tashqari tashqi audit 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xarajatlarini minimallashtirish va foydani 
maksimallashtirish maqsadida ularning faoliyatini yaxshilash, hisob ishlarini 
tashkil qilish va qayta tashkil qilish, hisob ishlarini yuritish, soliqqa tortish 
bo‘yicha takliflar beradi. 
Tashqi audit natijalari korxonaning buxgalteriya hisobi holati, ichki nazorat 
tizimi holati, yillik moliyaviy hisoboti ishonchliligini tasdiqlovchi xulosada bayon 
qilinadi. Bundan tashqari, tashqi audit natijalari loyihalar, sxemalar, biznes-rejalar, 
ma’lumotnomalar ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. 
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishining majburiy yoki ixtiyoriyligiga ko‘ra 2 
ga bo‘linadi: 
1.
Majburiy audit; 
2.
Tashabbuskorlik auditi.
Xalqaro amaliyotda audit ob’ektiga ko‘ra uchta turi alohida ajratib 
ko‘rsatiladi: 


17 
 
2-chizma. Ob’ektiga ko’ra audit turlari

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin