A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


  10.5. Ma’lumotlar orqali taxminlarni shakllantirish



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189
АУдит дарслик

 


223 
10.5. Ma’lumotlar orqali taxminlarni shakllantirish 
Taxminlar mijozning auditori va uning sanoati tushunchasida mavjud 
bo’lgan ishonarli munosabatlarning namoyon bo’lishidan shakllantiriladi. Bu 
munosabatlar, quyidagi manbalarni taqqoslash orqali aniqlanishi mumkin: 
■ oldingi davrlardagi qiyosiy ma'lumotlar; 
■ kutilayotgan natijalar (masalan, byudjetlar va bashoratlar yoki auditlik 
taxminlar); 
■ bir sohadagi o'xshash ma'lumotlar; 
■ nomoliyaviy ma'lumotlar. 
Auditor oldingi davri ma'lumotlari bilan joriy mijoz ma'lumotlarni oddiy 
taqqoslash bilan sezilarli darajada o'zgargan, schyot qoldiqlarini aniqlashi mumkin. 
U yillar o'rtasidagi nisbatli munosabatlarni; o'tgan yilning bir xil detallar bilan 
o’rganilayotgan joriy balansni; o'tgan yildagi schyot qoldiqlari bilan joriy schyot 
qoldiqlarini taqqoslashi mumkin. U kutilayotgan natijalar bilan sub’yektning joriy 
qayd etilgan schyotlarini qiyoslaydi. Misol uchun, kompaniya byudjeti bilan 
mavjud xatolikni ko’rsatuvchi ishonarli natijalarni taqqoslaydi yoki auditor foizli 
balans xarajatlarini baholaydi va qayd etilgan foiz stavkalari bilan qiyoslaydi. 
Taqqoslashning standart asoslaridan biri bu- bir sohadagi o'xshash 
kompaniyalarning qiyoslanishi. Misol uchun, auditor mijozning yalpi foydasi bilan 
sanoat yalpi foydasini qiyoslaydi. 
Tahliliy amallar o'z ichiga xodimlarga mehnat xarajatlari kabi moliyaviy va 
nomoliyaviy axborotlar o'rtasidagi bog’liqlikni olishi mumkin. 
Taxminlarga asoslangan ma’lumot manbalari orqali (masalan,o'tgan davr 
arizasi, bashoratlar, axborotlashgan sanoat) aniqlik bilan auditor balans 
schyotlarini bashoratlaydi, belgilaydi. Misol uchun, bir chakana savdo 
tarmoqlaridagi ma'lumotlar umumiy sanoat axborotlariga nisbatan aniqroq 
hisoblanadi. So'nggi yillardagi moliyaviy hisobotlar oldingi moliyaviy hisobotlarga 
qaraganda bu yilgi balans ko’rsatkichining aniqrog’i bo'ladi. Talab etilayotgan 
taxminlar tahliliy amallarning maqsadiga qarab o'zgaradi. Sinov testlari 


224 
ko’rinishida foydalaniladigan tahliliy amallar uchun aniqlik rejalashtirish 
jarayonida qo’llaniladigan amallarga nisbatan muhimroqdir. 
Tahliliy amallarning samaradorligi hisob tabiati va ma'lumotlar ishonchliligi 
va boshqa ma’lumotlarni xususiyatlarining bir funksiyasidir. Hisob tabiatini 
belgilashda, auditor balansning tarozuda hisobga olingan, bajarilgan bitimlar yoki 
baholar asosida tuzilgan yoki tuzilmaganligini hisobga oladi. Sub'ektiv ravishda 
aniqlangan qoldiqlarni boshqarish to'plangan bitimlarga ko'ra osonroq. Hisob 
xususiyati millionlab muomalalarni (masalan, chakana daromad) o'z ichiga olsa, u 
boshqa tarkibiy operatsiyalarga (masalan, eskirgan qimmatli qog'ozlar) qaraganda 
aniqroq bo'lishi kerak. Yo’naltirilgan xarajatlar (masalan, lizing) o'zgaruvchan 
xarajatlarga (masalan, yuk) qaraganda aniqroq. 
Auditor o’zining taxminlarini va ma’lumotlar ishonchliligini asoslaydigan 
detallashtirish darajasi hisoblangan (umumlashtirish) boshqa ma'lumotlar 
xususiyatlari asosiy kalit xususiyatlari deyiladi. Umuman olganda, qanchalik 
ma'lumotlar bo’linib o’rganilsa, taxminlar yanada aniqroq bo’ladi. Misol uchun, 
yillik ma’lumotlar o'rniga oylik ma'lumotlar qo’llanilsa, taxminlar aniqligini 
oshiriiganligi kuzatiladi. Jamlanma ma'lumotlar asosidagi taxminlarga nisbatan 
bo'linib o’rganilgan taxminlar aniqroq hisoblanadi. Buxgalteriya tadqiqotchilari, 
oylar, segment va mahsulotlar liniyasi bo’yicha balanslar taqsimlanishi tahliliy 
amallarga bo’lgan e'tiborni amalga oshiradi, degan xulosaga kelishgan. 
Ma'lumotlar manbalari qanchalik ishonchli bo’lsa, taxminlar ham aniqroq 
bo'ladi. 
Ma'lumotlarning 
ishonchliligi 
kompaniyaning 
ichki 
nazorati 
mustahkamligi asosida aniqlanadi: ma’lumot manbalari ob'ektivmi yoki 
mustaqilmi, va ma'lumotlar tahliliy amallarning predmetimi yoki yo'qmi.Qanchalik 
ichki nazorat mustahkam bo’lsa, shunchalik moliyaviy hisobotning ma'lumotlari 
ishonchliroq bo’ladi.


225 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin