234
Schetlar sal’dolari tafsilotlari testlash bilan bog’liq tanlash riski
Tanlashdan, shuningdek schetlar saldosidagi buzib ko’rsatish (xato) lar
miqdorini baholashda ham foydalanilishi mumkin. Auditor, masalan, moddiy
zahiralar elementlaridan tanlab olishni amalga oshirishi va narxlarga oid testni
bajarishi mumkin. Agar tanlab olishda narxga oid xatolar bo’lsa, auditorlar bu
xatoni moddiy zahiralar noto’g’ri baholanganligi uchun jamlanganligini jiddiy
bo’zilgan deb xisoblash mumkinligini aniqlash uchun jamlanganlikda amaliyotda
qo’llab ko’radilar. Balans qiymatini noto’g’ri qabul qilish riski shunday risk
xisoblanadiki, auditor schetlar sal’dosi jiddiy xatoliklarga ega emas degan
xulosaga keladi, aslida esa schetlar sal’dosi jiddiy xatoliklarga ega bo’ladi.
Auditorning asosiy muammosi detal (tafsilot) larning mustaqil testlari bilan
bog’liq tanlab olishlarni bajara borib, balans qiymatini noto’g’ri qabul qilish riskini
nazorat qilishi xisoblanadi. Schetlar saldosini noto’g’ri qabul qilishda jiddiy
xatoliklar bo’ladi, lekin tanlab olish natijalari auditorni schetda jiddiy xatoliklar
yo’q deb xisoblashga majbur qiladi. Jiddiy xatoliklar bilan hech qanday
qo’shimcha auditorlik tekshiruvi o’tkazilmaydi va moliyaviy xisobotlar jiddiy
xatoliklar bilan to’ziladi. Boshqa tomondan agar auditor jiddiy xatolari bo’lmagan
tanlanganlikni noto’g’ri og’ishtirishi kerak bo’lganda edi, mijoz e’tiroz bildirar va
auditorni qo’shimcha ish bajargani uchun taqdirlagan bo’lar edi. Qo’shimcha
auditorlik tekshiruvi mos kelmaydigan xulosalarni to’g’rilashga olib kelishi kerak.
Balans qiymatining noto’g’ri og’ishi riski shu tarzda auditing samaradorligiga
tegib o’tadi, lekin bu auditorning moliyaviy xisobotlarning haqqoniyligi haqidagi
to’liq xulosasiga tegmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: