O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlik tashkilotlari va auditorlar
soni (2018 yil 1 yanvar holatiga)
4
№
Barcha (3) turdagi litsenziyaga ega
bo’lgan jami auditorlik tashkilotlari
soni
Jami auditorlar soni
Izoh
1.
102 ta
649 ta
Odatda auditorlik tashkilotlari ikkita farqlanuvchi guruh toifasiga bulinadi:
1.
Transmilliy auditorlik tashkilotlar (katta turtlik firmalari);
2.
Mahalliy auditorlik tashkilotlari.
4
Ўзбекистон
Республикаси
молия
вазирлиги
веб
саҳифаси
https://www.mf.uz/uz/component/k2/item/72auditorskaya-deyatelnost.html
. 2018 йил 1 январ ҳолатига
42
Ushbu birinchi guruh auditorlik tashkilotlari 1980 yilning oxirida tashkil
topgan
va
Deloyt end Tush, Ernest end Yang, KPMJ va Praysvoterxaus
Kupers
l
ardan iborat. Ushbu auditorlik tashkilotlarning global tarmoqlari mavjud.
Ushbu firmalarning ko’pchiligi xalqaro tekshiruvlarda ishtirok etadi va
xalqaro global texnologiyalar, protseduralar va direktivalar ishlab chiqilgan asosiy
ofisda ishtirok etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan auditorlik faoliyati
bilan shug’ullanishga amaldagi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan
yuqori talablar o’rnatilgan.
Auditorlik kasbining mahorat darajasiga qo’yiladigan asosiy talablar
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabridagi 365-
sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining
ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi qarorida belgilangan.
Auditorlik malaka sertifikatiga ega bo’lish uchun da’vogarlar O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 2000 yil 28 avgustda 17-17/534-sonli
buyruq bilan tasdiqlangan «Auditorlarni tayyorlash va sertifikatsiyalash dasturi» va
2000 yil 25 sentyabrda 68-sonli buyruq bilan tasdiqlangan «Auditor malaka
sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq belgilangan bilim va
tajribaga ega ekanliklarini ko’rsatuvchi xujjatlarni taqdim etishi va imtihon
topshirishlari kerak.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash – bu audit sohasidagi qonunchilikka
rioya qilinishi ustidan davlat nazorati o’rnatish uslubidir. O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining nomi yuqorida qayd etilgan 365-sonli qaroriga muvofiq
«Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya
berish to’g’risida NIZOM»tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.04.2007 yildagi № PF-615-sonli
farmoniga asosan auditorlik tashkilotlariga qo’shimcha qo’yidagi litsenzion talab
va shartlar belgilandi:
43
litsenziyani olishda qonunda belgilangan miqdorda ustav kapitalning
shakllangan bo’lishligi;
auditor o’z auditorlik faoliyatini faqat bir auditorlik tashkilotida amalga
oshiradi;
litsenziya turiga qarab auditorlik tashkilotida auditorlar (kamida 2, 4, 6 ta)
bo’lishi kerak;
shtatdagi auditorlarda xalqaro buxgalterlik sertifikatlari(kamida 1-2)
bo’lishligi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan auditorlik tashkilotlari
rahbarlari har uch yilda attestatsiyadan o’tishligi;
auditorlik tashkilotlarida ichki ish sifati standartlarining mavjud bo’lishligi
har yarim yilda Moliya vazirligiga tegishli shaklda auditorlik faoliyati
haqida ma’lumotlarning berilishi.
Ushbu Nizomga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida auditorlik
faoliyati bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma
(litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Auditorlik
tashkilotlarining professional xizmatlari esa bundan mustasno. Auditorlik
faoliyatini litsenziyalash Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, litsenziya
berishni rad etish, litsenziyaning amal qilish muddatini to’xtatish, bekor qilish,
to’xtatib turish yoki amal qilishini tiklash to’g’risidagi qaror Moliya Vazirligining
buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya olish uchun Moliya Vazirligiga taqdim
qiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladilar:
1.
Ta’sis hujjatlarining (ustav, ta’sis shartnomasi) notarial idora
tomonidan tasdiqlangan nusxalari va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida
davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma;
2.
Kamida ikki auditor malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
3.
Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami (STIR-INN) berilganligi
44
to’g’risida Soliq organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma;
4.
Arizani ko’rib chiqish uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi
bankning to’lov hujjati.
Ushbu hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi va bulardan boshqa hujjatlarni
talab etilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkilotiga nisbatan
quyidagi litsenziya talablari va shartlari qo’yiladi:
-
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga,
auditorlik faoliyatining milliy standartlari,
shuningdek, boshqa qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
-
shtatida kamida ikki nafar auditor bo’lishi;
-
auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida olingan axborotning maxfiyligini
ta’minlash;
-
auditorlik tekshiruvlari o’tkazish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini o’z
vaqtida va sifatli bajarish;
-
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat auditorni tayinlash;
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida mustaqillikni ta’minlash;
-
ishonchli auditorlik hisoboti tuzish va auditorlik xulosasi berish;
-
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
-
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitaliga ega bo’lish;
-
fuqarolik mas’uliyatini sug’urta qilish polisiga ega bo’lish;
-
o’z pochta manzil o’zgartirilganligi to’g’risida 10 kun muddatda
litsenziyalovchi organga bildirish xati yuborish;
-
auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa
axborotni litsenziyalovchi organ talabiga ko’ra taqdim etish.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya
shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
45
2.3. Auditorlik kasbiga qo’yiladigan malakaviy talablar
Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti
shtatida bo’lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi
shartnoma tuzgan bo’lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi.
Malaka sertifikatiga ega bo’lgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan
yildan keyingi yildan e’tiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat
birlashmasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo’yicha 60 soatdan kam
bo’lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o’tishi shart.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
1) O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy
iqtisodiy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida olingan
hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga
ekvivalient deb tan olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lish va oxirgi o’n yil
ichida kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati
sohasida yoxud shu sohalarda dars berish amaliy ish stajiga (shu jumladan
o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish;
yoki O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan iqtisodiy
bo’lmagan oliy ma’lumot yoxud xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida
olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga
ekvivalient deb tan olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot bilan oxirgi o’n yil
ichida kamida 5 yil auditor, bosh buxgalter, taftishchi yoki soliq inspektori sifatida
ish stajiga ega bo’lish, shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha;
yoxud O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun
hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) o’tkazilganligi
sharti bilan) olingan iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajaga ega
bo’lish;
46
2) respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim
dasturi asosida auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan
o’tilishi Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi yoki “Sertifikatlangan xalqaro
professional buxgalter (CIPA)” sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni
xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli
topshirganligi to’g’risida hujjatning mavjud bo’lishi;
"Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi" sertifikatiga yoki "Sertifikatlangan
xalqaro professional buxgalter (CIPA)" sertifikatiga hamda O’zbekiston
Respublikasi hududida iqtisodiy sohalarda 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega
bo’lgan
da’vogarlarga
auditorlarni
tayyorlash
markazlarida
maxsus
tayyorgarlikdan o’tmasdan malaka imtihonini topshirishga ruxsat beriladi.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda malaka imtihonini
topshirishga ruxsat berish to’g’risida ariza topshiradi:
1) to’ldirilgan anketa;
2) ma’lumot to’g’risidagi diplom yoki iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori)
ilmiy darajasini olganlik to’g’risidagi diplomning hujjatni bergan muassasa
tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma
nusxasi;
yoki ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi xorijiy hujjatning
ekvivalentligini tan olish to’g’risidagi vakolatli davlat organi guvohnomasining
hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki
notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (xorijiy ta’lim muassasalarida olingan oliy
ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi diplomga ega bo’linganda);
3) mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko’chirma (o’rindoshlik
bo’yicha mehnat staji mavjud bo’lgan taqdirda bu haqida mehnat daftarchasiga
qayd qilingan holda);
4) ikkita fotosurat (3 x 4);
47
5) auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus ta’lim olinganligi
to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan
boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bir yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan
bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi) va “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter
(CIPA)”, “Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalter (ASSA)” “Sertifikatlangan
jamoat buxgalteri (SRA)”, professional buxgalterning milliy sertifikati
(Sertifikatlangan professional buxgalter) sertifikatlash doirasida professional
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini
muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatning ushbu hujjatni bergan muassasa
tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma
nusxasi (ushbu hujjat, agarda u berilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish
sanasigacha besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);
yoki
“Sertifikatlangan
xalqaro
professional
buxgalter
(CIPA)”
setrifikatlarning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda
tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (ushbu hujjat, agar
o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha besh yildan
ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);
6) malaka sertifikatini berish uchun eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari
miqdorida yig’im to’langanligi to’g’risida guvohlik beruvchi bank to’lov hujjati.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan
boshlab 3 kunlik muddat ichida malaka imtihonini topshirishga ijozat berish yoki
ijozat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Rad etish to’g’risida qaror
qabul qilinganda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’sha kunning o’zida
rad etish uchun asoslarni ko’rsatgan holda qabul qilingan qaror to’g’risida
da’vogarni yozma ravishda xabordor qiladi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat
berish to’g’risida qaror qabul qilinganda malaka imtihonini topshirishga ijozat
berilgan da’vogarlarning ro’yxatlarini imtihon komissiyasiga topshiradi. Bunda
malaka imtihoni guruhlarning shakllanishiga qarab, biroq hujjatlar kelib tushgan
kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta o’tkaziladi.
48
Imtihon komissiyasi to’g’risidagi nizom, uning tarkibi va ishlash tartibi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Imtihon komissiyasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining xodimlari va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvga binoan
professional buxgalter va auditorlar, shuningdek zaruriyat tug’ilganda soliq solish,
xo’jalik huquqi sohasidagi mutaxassislar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolat berilgan vakili
imtihon komissiyasining raisi hisoblanadi.
Malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlar malaka
imtihonini o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida u o’tkazilgunga qadar 10
kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilinadi.
Da’vogarlar pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjatni taqdim
etgan taqdirda ularga malaka imtihonini topshirish uchun ijozat beriladi. Yonida
pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjat bo’lmagan yoki malaka
imtihoniga kechikkan da’vogarlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va malaka
imtihonini navbatdagi topshirishga ijozat berilgan shaxslar ro’yxatiga kiritiladi.
Agar da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hujjatlarni
topshirgan sanadan boshlab olti oy mobaynida malaka imtihonini topshirish uchun
kelmagan taqdirda topshirilgan hujjatlar da’vogarga qaytariladi.
Da’vogarlar guruhi (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) uchun malaka
imtihoni ikki bosqichda o’tkaziladi:
- test sinovi (yozma shaklda 4 akademik soat mobaynida, uning natijalariga
ko’ra da’vogarga yozma-og’zaki imtihon topshirish uchun ijozat beriladi);
- imtihon biletlari bo’yicha yozma-og’zaki imtihon (masalalarni echish va
og’zaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi).
Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida o’tkazishga ijozat
berilmaydi.
49
Testlar, imtihon biletlari savollari va to’g’ri javob variantlarini O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi respublika auditorlar jamoat tashkiloti bilan
birgalikda Auditorlarni o’qitish dasturi asosida ishlab chiqadi.
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo’yilmagan test blanklari va imtihon
biletlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Testlar va imtihon biletlarining mazmuni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga
kiritiladigan o’zgartish va qo’shimchalarni hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan
qayta ko’rib chiqiladi.
Testga dasturning barcha bo’limlarini aks ettiradigan kamida 75 savol
kiritiladi.
Test natijalarini ijodiy deb e’tirof etish uchun asos bo’lib hisoblanadigan
to’g’ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida
75 foizini tashkil etishi kerak.
Test natijalari salbiy deb e’tirof etilgan taqdirda da’vogar yozma-og’zaki
imtihonni topshirishga qo’yilmaydi, unga taqdim etgan hujjatlari qaytarib beriladi.
Imtihon bileti to’rt qismdan iborat, ularning har birida nazariy qism va
quyidagi fanlar bo’yicha amaliy vazifa mavjud bo’ladi:
1-qism. Moliyaviy hisob.
2-qism. Boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment va moliyaviy tahlil.
3-qism. Audit.
4-qism. Soliqqa tortish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Imtihon bileti to’rt qismining har biri bo’yicha javoblar (shu jumladan
masalani echish) besh balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihon bileti bo’yicha kamida 15 ball olgan da’vogarlar imtihonni
muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos
bo’lib hisoblanadi:
auditorning arizasi;
50
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini
muntazam yoki bir marta qo’pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning
buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha
belgilab qo’yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo’lib, mazkur
shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o’z nomidan
foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo’jalik munosabatlari
sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan maxrum qilish
tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi xukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori.
Bunda auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos
bo’lib hisoblangan auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari
talablarini bir marta qo’pol ravishda buzish deb quyidagilar tan olinadi:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda mustaqillikni ta’minlamaslik;
ishonchli bo’lmagan yoki qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda olingan maxfiy axborotlarni auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror
qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
51
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal
qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Auditor malaka sertifikati quyidagi xollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish
to’g’risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat
soxta
hujjatlardan
foydalangan
holda
olinganligi
fakti
aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish to’g’risidagi qaror auditor malaka
ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
2.4. Auditorlik faoliyatini tartibga solishda jamoat tashkilotlar roli
Ma’lumki, O’zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga solishda amaldagi
2ta jamoat tashkiloti, jumladan:
Dostları ilə paylaş: |