A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189
АУдит дарслик

5-pog’ona 
 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Auditorlik 
faoliyatining milliy 
standartlari (AFMS). 
Uslubiy ko’rsatmalar 
tushuntirishlar va 
auditorlik faoliyatiga 
doir boshqa me’yoriy 
hujjatlar 
O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy 
standartari (AFMS), O’zbekiston auditorlarining kasbiga oid 
axloq kodeksi, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 
uslubiy ko’rsatmalar, tushuntirishlar va auditorlik faoliyatiga 
doir me’yoriy hujjatlar. Masalan, auditor malaka sertifikatini 
berish tartibi to’g’risida nizom, auditorlik faoliyati 
to’g’risidagi ma’lumot, ichki audit xizmati xodimlarini 
sertifikatlash tartibi to’g’risidagi nizom, Ustav kapitalida 
davlat aktsiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo’lgan 
korxonalarda tashqi auditni o’tkazadigan auditorlik 
tashkilotlari ro’yxatiga auditorlik tashkilotlarini kiritish tartibi 
to’g’risidagi nizom va boshqalar 
6-pog’ona 
Auditorlik 
tashkilotlarining 
ichki ishchi 
standartlari 
Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan 
talablar (AFMS №4), auditorlik tashkilotlarining ishchi 
standartlari, auditorlarning ishchi standartlari 
Ushbu jadvalda auditorlik faoliyatini tartibga solish pog’onalariga bo’lishda 
yuqorida keltirilgan manbalar va chet el tajribasi asosida guruhlash tartibi ishlab 
chiqildi va bunda ularning huquqiy asosiga e’tibor qaratildi. Masalan, birinchi 
pog’onada auditorlik faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq qonunchilik asosi 
keltirilgan bo’lib, bevosita auditga tegishli qonundan tashqari bank va bank 
faoliyati to’g’risida, tadbirkorlik sub’ektlari to’g’risida, aktsiyadorlik jamiyatlari 


38 
to’g’risidagi qonunlarda ham ushbu masalaning ayrim tomonlari berilgan. 
“O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari” nomli ikkinchi 
pog’onada ushbu masala bo’yicha tegishli qonunchilik asoslari beriladi. Masalan, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy 
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 
24 apreldagi PF-4720-sonli Farmonida aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining 
me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, zamon talablari va xalqaro 
normalar hamda standartlarga muvofiq holda amaldagi qonun hujjatlariga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonun hujjatlari va me’yoriy 
hujjatlar qabul qilish, shu jumladan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va 
xalqaro audit standartlariga o’tish vazifasi qo’yilgan. Uchinchi pog’onada ushbu 
masalaga oid tegishli qarorlar o’zining aksini topishi kerak. 4-pog’ona odatda, 
tashqi audit jarayonida qo’llaniladigan standartlar va ularning xalqaro darajaga 
chiqishda katta ahamiyatga egaligi ko’rsatilgan va ular asosida amalga oshirilgan 
auditorlik tekshiruvlari moliyaviy faoliyat auditi va moliyaviy hisobotlar auditi 
chet ellik investorlar va foydalanuvchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi 
auditorlik faoliyatining milliy standartlari
ana shu 
xalqaro audit standartlari asosida ishlab chiqilgan va ushbu ishlar davom 
etirilmoqda. 
5-pog’onaga auditorlik faoliyatining milliy standartlari
va Moliya 
vazirligi, boshqa tegishli vazirlik va qo’mitalar tomonidan ularni tartibga solish 
uchun ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy va uslubiy ko’rsatmalarni kiritishimiz 
mumkin. Huquqiy nuqtai nazardan ushbu bosqich hujjatlari asosan O’zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan yoki tegishli vazirlik va 
qo’mitalar tomonidan tavsiya sifatida ishlab chiqilgan bo’lishi mumkin. 6-
pog’onaga auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga qo’yilgan talablar 
asosida har bir auditorlik tashkiloti tomonidan o’zida ishlab chiqilgan ishchi 
standartlar va ayrim auditorlar tegishli bo’linmalarni tekshirish jarayonida 
qo’llaniladigan ishchi standartlar qo’shilgan.


39 
Albatta, ushbu tadbirlar O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini 
rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Lekin jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan 
keyingi davrda O’zbekiston Respublikasida inqirozdan chiqish va uning oldini 
olish sharoitida auditorlik faoliyatini rivojlanishi va unga qo’yilgan yangicha 
talablarni e’tiborga olish zaruriyati vujudga keldi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozidan keyingi davrda mamlakatimizda anchagina ishlar amalga oshirildi. 
Jumladan, moliyaviy hisobot va xalqaro audit standartlariga o’tish bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda respublika moliya-
bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro 
reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” 2010 yil 26 
noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorda “Nobank moliya 
tashkilotlari, kredit uyushmalari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalarining 
rolini yanada oshirish hamda tarmog’ini rivojlantirish, xalqaro normalar va 
standartlarga muvofiq ularning barqarorligi va samaradorligini ta’minlash, ular 
tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar turi va ko’lamini kengaytirish, moliya bozori 
infratuzilmasi institutlarini mustahkamlash”
1
masalasi va moliyaviy hisobotlarga 
qo’yiladigan talablar jumlasiga eng avvalo moliyaviy hisobotning xalqaro 
standartlar asosida tuzilishi belgilandi. Bundan tashqari, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini auditorlik tekshiruvi va audit natijasi 
bo’yicha tuziladigan auditorlik hisobotlarini halqaro audit standartlari talabi 
darajasida tashkil qilish masalasi qo’yildi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda qilingan muhim ishlardan biri O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Aktsiyadorlik jamiyalarida zamonaviy korporativ 
boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2015 yil 24 
apreldagi №PF-4720-sonli Farmoniga ko’ra “2015-2018 yillarda barcha 
aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2011-2015 йилларда республика молия-банк тизимини янада 
ислоҳ қилиш ва барқарорлигини ошириш ҳамда юқори халқаро рейтинг кўрсаткичларига эришишнинг 
устувор йўналишлари тўғрисида” 2010 йил 26 ноябрдаги ПҚ-1438 сонли Қарори. //Ўзбекистон Республикаси 
қонун ҳужжатлари тўплами, 2010 й., 48-сон, 442-модда. 


40 
standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni 
o’tkazishi ma’lumot uchun qabul qilinsin”
2
deb belgilangan, ushbu Farmonni 
bajarish uchun tashqi audit tomonidan moliyaviy hisobotlar auditi auditning 
xalqaro standartlari asosida amalga oshirilishi belgilab qo’yildi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati 
to’g’risida”gi Qonuni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, undagi barcha 
moddalar, jumladan, qo’shimcha 
2
1
-,2
2
-3
1
-
moddalar sharhiga alohida e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiq). Ushbu moddalarda auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari, 
auditorlik faoliyati standartlari va auditorning malaka sertifikatiga izoh berilgan. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin