Tegishli ma’lumotlaradan foydalanish (TKHTQ 13 prinsipi) Tashkilot ichki nazoratini qo’llab quvvatlashi va ishonchli moliyaviy hisobot
shakllantirish maqsadiga erishishi uchun tegishli ichki va tashqi ma’lumotlarni
aniqlashi hamda ularni to’plashi lozim. Misol uchun, tashkilot o’zining
hodimlaridan ular tashkilotning hatti harakatlar standardlariga mos bo’lmagan
tarzda ish olib borishlari so’ralganini, misol uchun, yetarlicha qo’llab quvvatlovchi
xujjatlarsiz kirish jurnaliga yozib qo’yish kabilarni aniqlash maqsadida davriy
tadqiqotlar olib borishi mumkin. Ushbu tadqiqot nazorat muhitining faoliyati
haiqda ma’lumot beradi va boshqa nazaoratlar kerak yoki kerak emasligini
aniqlashga yordam beradi. Ichki ma’lumotlarning manbaalari o’z ichiga
buxgalteriya tizimini, ichki xabarlar, yig’ilishlarning yozma bayonnomalari va
davriy hisobot tizimlarini oladi. Ma’lumotlarning tashqi manbaalariga misollar
sifatida quyidagilar keltiriladi: sanoat tadqiqotlari hisobotlari, zimdan gap
tashuvchilar (chaqimchi) o’chog’i, hamda raqobatchilar daromadlari.
Ichki aloqalar (TKHTQ 14 prinsipi) Ma’lumotlarning ichki aloqalari butun tashkilot bo’ylab sodir bo’ladi. Misol
uchun, barcha ishchi hodimlar ichki nazorat ma’suliyatlariga jiddiy qaralishi
lozimligi to’g’risida aniq xabar olishlari darkor. Bu turdagi muloqot davriy
xabarnomalar, dam olish xonalaridagi posterlar yoki anchagina rasmiy hisoblangan
yuqori menejmentdan hamda direktorlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi
holatlarda ishonchli yoki anonim muloqotlashish uchun muloqotning maxsus
yo’nalishi zarur bo’ladi, ayniqsa biror ishchi korxonaning faoliyati nimadir
noto’g’riligini sezgan bo’lsa. Bu odatda “zimdan gap tashuvchilar faoliyati sifatida
qaraladi” va hisobotlar anonim qolish jarayonini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari,
ish beruvchilar zimdan gap tarqatuvchi ishchilarga qarshi harakatlar olib borishga
174
ijozat berilmasliklari lozim. Zimdan gap tashuvchilar jarayoni o’z ichiga audit
qo’mitasiga muhim axloqiy hamda moliyaviy masalalarni olib kelish jarayonini
olishi lozim.