A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Tegishli ma’lumotlaradan foydalanish (TKHTQ 13 prinsipi)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189
АУдит дарслик

Tegishli ma’lumotlaradan foydalanish (TKHTQ 13 prinsipi) 
Tashkilot ichki nazoratini qo’llab quvvatlashi va ishonchli moliyaviy hisobot 
shakllantirish maqsadiga erishishi uchun tegishli ichki va tashqi ma’lumotlarni 
aniqlashi hamda ularni to’plashi lozim. Misol uchun, tashkilot o’zining 
hodimlaridan ular tashkilotning hatti harakatlar standardlariga mos bo’lmagan 
tarzda ish olib borishlari so’ralganini, misol uchun, yetarlicha qo’llab quvvatlovchi 
xujjatlarsiz kirish jurnaliga yozib qo’yish kabilarni aniqlash maqsadida davriy 
tadqiqotlar olib borishi mumkin. Ushbu tadqiqot nazorat muhitining faoliyati 
haiqda ma’lumot beradi va boshqa nazaoratlar kerak yoki kerak emasligini 
aniqlashga yordam beradi. Ichki ma’lumotlarning manbaalari o’z ichiga 
buxgalteriya tizimini, ichki xabarlar, yig’ilishlarning yozma bayonnomalari va 
davriy hisobot tizimlarini oladi. Ma’lumotlarning tashqi manbaalariga misollar 
sifatida quyidagilar keltiriladi: sanoat tadqiqotlari hisobotlari, zimdan gap 
tashuvchilar (chaqimchi) o’chog’i, hamda raqobatchilar daromadlari. 
Ichki aloqalar (TKHTQ 14 prinsipi) 
Ma’lumotlarning ichki aloqalari butun tashkilot bo’ylab sodir bo’ladi. Misol 
uchun, barcha ishchi hodimlar ichki nazorat ma’suliyatlariga jiddiy qaralishi 
lozimligi to’g’risida aniq xabar olishlari darkor. Bu turdagi muloqot davriy 
xabarnomalar, dam olish xonalaridagi posterlar yoki anchagina rasmiy hisoblangan 
yuqori menejmentdan hamda direktorlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi 
holatlarda ishonchli yoki anonim muloqotlashish uchun muloqotning maxsus 
yo’nalishi zarur bo’ladi, ayniqsa biror ishchi korxonaning faoliyati nimadir 
noto’g’riligini sezgan bo’lsa. Bu odatda “zimdan gap tashuvchilar faoliyati sifatida 
qaraladi” va hisobotlar anonim qolish jarayonini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, 
ish beruvchilar zimdan gap tarqatuvchi ishchilarga qarshi harakatlar olib borishga 


174 
ijozat berilmasliklari lozim. Zimdan gap tashuvchilar jarayoni o’z ichiga audit 
qo’mitasiga muhim axloqiy hamda moliyaviy masalalarni olib kelish jarayonini 
olishi lozim. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin