Tashqi aloqalar (TKHTQ 15 prinsipi) Korxona o’zining tashqi sheriklari: aksiyadorlar, biznes sheriklar, mijozlar
va nazoratchi bilan ikki tomonlama muloqoti bo’lishi lozim. Menejmentning tashqi
muloqoti ichki nazorat va korxonaning qiymati hamda madaniyatining muhimligi
to’g’risida aniq xabar jo’natishi lozim. Korxona shuningdek, tashqi sheriklar ham
ma’lumot berishlari uchun tegishli mexanizmlarga ega bo’lishi kerak. Misol uchun,
mizojlar mahsulot sifatida haqida fikr-mulohaza bildirishlari, sotuvchilar esa
sotilgan tavarlarga to’lanadigan to’lovlar haqida savollar berishlari yoki
nomunosib ehtimolli hatti-harakatlar to’g’risida shikoyat qilishlari mumkin. Yana
bir misol sifatida yirik do’kondorlar odatda boshqa ko’plab sotuvchilar bilan
aloqasi borligini keltirishimiz mumkin. Ushbu do’kondorlarning ko’pchiligi
bevosita telefon aloqasi o’rnatishadi va shu orqali agar sotuvchilar kompaniyaning
sotib olish agenti tomonidan noo’rin harakatlar misol uchun, agar boshqa
buyurtmachi tominidan katta buyurtmalar qo'yilgan bo'lsa, va mazkur sotuvchi
darhol qaytarish taklifi kabilarni aniqlasa, to’g’ridan to’g’ri kompaniyaning ichki
audit departamenti bilan yoki boshqa shunga o’xshash partiyalar bilan aloqa
o’rnatishlari mumkin.
8.7. Ichki nazoratning monitoring elementi tavsifi va uning prinsiplari TKHTQ elementi: Monitoring Monitoring ichki nazoratning beshta tarkibiy qismining har birining
samarasini baholashga fikr-mulohazalar berish jarayoni sifatida shakllantirilgan.
Menejment monitoringni amalga oshirish uchun doimiy baholashlar aralashmasini,
alohida baholashlarni yoki ikkalasining bir qancha kombinatsiyasini tanlaydi.
Monitoring ichki nazoratda aniqlangan kamchiliklar tegishli ishchi hodimga xabar
175
berilishini va tegishli chora tadbirlar ko’rilishini talab qiladi. Monitoringning ikkita
prinsipi muhokama qilinadi.