Yapli foyda daromdi kutilgandan kam bo’lgan do’konlar guruhini tuzadi; lekin muhimi shundaki, yalpi foyda kutilgan sezilarli darajada past (63 % kutilgan, lekin 60 % erishilgan). Monitoring hisoboti ko’rsatadiki, quyidagi tushuntirishlardan biri do’konlarda bo’ladigan muammolarni izohlashi mumkin: (a) barcha daromadlar ham ro’yhatga olinmsligi; (b) mahsulotdan unumsiz foydalanilgan; (c) mahsulot boshqa joyga ko’chirilgan (yoki o’g’irlangan); (d) shu kabilarning ba’zi kombinatsiyasi. Dastlabki e’tibor faoliyat ma’umotlariga qaratilgan bo’lsada, ta’sirlar ichki nazoratning buzilishi ushbu maxsus joylarda ham mavjud bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Ijroni monitor qilish nazoratlarni monitoring qilishga olib keladi. Hisobot menejmentni muammoni sababini aniqlashga hamda tegishli to’g’ri chora-tadbirlar ko’rishga chorlaydi. Kamchiliklarni baholash va xabar berish (TKHTQ 17 prinsipi) Monitoring olib borish yoki boshqa faoliyatlar orqali aniqlangan nazorat
kamchiliklari tegishli hodimlarga: menejmentga yoki direktorlar kengashiga
bildirilishi lozim chunki shu orqali tegishli choralar amalga oshiriladi. Avvalgi
keltirib o’tgan misolimizga qaraydigan bo’lsak, ichki auditorlar alohida
baholashlar o’tkazish orqali to’lovlar bilan bog’liq kamchiliklarni aniqlaganini
eslaymiz. Ichki audit ushbu ma’lumotlarni tegishli tuzatuvchi chora tadbirlarni
amalga oshirish ma’sulayitga ega bo’limlarga taqdim qilishi lozim. Tashkilot
kamchiliklarning o’z vaqtida to’grilanayotganini kuzatish uchun tizim joriy qilishi
lozim ekanligi ushbu prinsipda o’z aksini topgan.