177
Ishonchli moliyaviy hisobotga erishishda menejment birinchi himoya
chizig’ini ta’minlaydi deb tushuniladi. Menejment moliyaviy hisobot ustidan
samarali ichki nazorat shakllantirishga, joriy qilishga
hamda saqlab turishga
majbur. Bundan tashqari menejment moliyaviy hisobot ustidan olib boriladigan
ichki nazorat bo’yicha yetarlicha xujjatlarni ham saqlashi lozim.
Ichki nazorat xujjatlari
Menejment yetarlicha va tegishli ichki nazorat xujjatlarini saqlashi lozim.
Ushbu xujjatlar ichki nazoratga oid kutilishlar va standardlarga mos kelishi hamda
aniqlikni ta’minlashi kerak. Shuningdek, xujjatlar yangi hodimga ish o’rgatishda
yoki barcha ishchilarga ma’lumotlar vositasi sifatida xizmat qilishda ham foydali
bo’ladi. Bundan tashqari, xujjatlar nazoratlar olib borilayotgani
haqida dalillarni
taqdim etadi, to’g’ri monitoring faoliyatini olib borishga imkon beradi va ichki
nazorat samaradorligi haqidagi hisobotlarni qo’llav quvvatlaydi. Tashqi auditor
ushbu xujjatlardan mijozining ichki nazorat tizimini tushunib olishi uchun ham
foydalanishi
mumkin.
Bundan
tashqari,
auditor
mijozning
nazoratlari
samaradorligi haqida fikrlarini aytadigan Ford Motor kompaniyasiga o’xshagan
kompaniyalarda, menejment auditorni menejmentning
baholashlarini tasdiqlovchi
xujjatlar bilan ta’minlashi lozim bo’ladi va ushbu xujjatlarni auditor audit
dalilining qismi sifatida foydalanishi mumkin. Xujjatlarning tabiati va ko’lami
korxonalar bo’ylab o’zgarib boradi, lekin ushbu xujjatlar nazorat amallarining
samaradorligi hamda dizaynini qo’llab-quvvatlashi uchun yetarli bo’lishi lozim.
Moliyaviy o’tkazmalarni qo’llab-quvvatlovchi xujjatlar sifatida
tashkilot o’zi tomonidan shakllantirilgan o’tkazmalarni
amalga oshirish uchun
ruxsatnomalar dalillarini ta’minlovchi, o’tkazmalarning mavjudligini ta’minlovchi,
jurnal yozuvlarni tasdiqlovchi hamda moliyaviy majburiyatlarni aks ettiruvchi
xujjatlarga ega bo’lishi lozim. Nazorat xujjatlari odatda qog’ozda aks etirilgan
bo’lishi lozim deb qaraladi. Biroq, xujjatlar qog’ozlarda ham elektron tarzda ham
bo’lishi mumkin. Informatsion axborot tizimida mol-mulkni olishning elektron
nusxasi mavjud bo’lganda mol-mulk uchun to’lovni
amalga oshiruvchi
178
avtomatlashtirilgan dastur bo’ladi. Kompyuter dasturi qabul qilingan bilan
buyurtma qilingan xaridlarni taqqoslaydi va to’lovni amalga oshirishdan oldin
sotuvchi schyot-fakturasini talab qilishi yoki qilmasligi mumkin.
Ichki nazoratga taalluqli ishonchli xujjatlarni shakllantirish uchun yo’l-
yo’riqlar quyida keltirilgan:
Qabul qilingan qog'oz yoki kompyuter tomonidan ishlab chiqilgan
hujjatlar
bitimlarning nazorat qilinishiga va hisobdorligini ta'minlashga
yordam
beradi va to'liqlikni tasdiqlash uchun juda muhimdir.
O'z vaqtida tayyorlov
hujjatlarning ishonchliligi va hisobdorligini
oshiradi va barcha hujjatlardagi xatolar darajasini pasaytiradi.
O’tkazmalarning
avtorizatsiyasi
bayonnomalarda aniq ko'rinib
turishi
kerak.
O’tkazmalar iz
lari mavjud bo’lishi kerak, chunki shu orqali
foydalanuvchi (auditor) o’tkazmani shakllanishidan tortib oxirgi yakuniy qaroriga
qadar yoki aksincha, kuzatib borishi mumkin bo’ladi. O’tkazmalar izlari ko’p
maqsadlarga xizmat qiladi,
jumladan, mijoz sorovlariga javob berish uchun
ma’lumotlarni ta’minlash va xatolarni aniqlash hamda to’g’irlash kabilar.
Elektron o’tkazmalar izining muhim jihatlari quyida keltirib
o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: