192
hisobot auditida mijoz aksariyat hollarda audit yil yakunlangandan bir-uch oydan
keyin tugashini xohlaydi.
AUDIT DASTURI. Dalillarni to’plash sohasida to’rtta qaror natijalarining
batafsil bayoni audit dasturi ataladi. Audit dasturi har doim auditni amalga
oshirishda foydalaniladigan amallar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Unda saralash
birligi, tekshirish uchun tanlanadigan muayyan elementlar, shuningdek, audit
o’tkazish vaqti haqida ham so’z yuritiladi. Odatda, audit dasturi bo’limlardan
iborat bo’lib, ularning har biri muayyan unsurga bag’ishlangan: debitorlik qarzi,
sotishlar va hokazo. Debitorlar hisobi bo’yicha audit dasturi misollari (u audit
amallari tavsifini ham o’z ichiga oladi), saralash hajmi, tanlangan elementlar,
shuningdek, audit o’tkazish vaqti tavsifi. Audit dasturining o’ng tomoni har bir
amal uchun audit maqsadlarini belgilashni ham o’z ichiga olib, bu haqda 5-bobda
so’z yuritilgan.
Dostları ilə paylaş: