Texnologiya ustidan umumiy nazoratni tanlash va shakllantirish (TKHTQ 11prinsipi) Deyarli barcha tashkilotlar ishonchli moliyaviy hisobotlarga ega bo’lish
maqsadida informatsion texnologiyalarga suyanadilar. Nazorat amallarini
tashlashning bir qismi sifatida menejment avtomatik nazorat amallari hamda
umumiy kompyuter nazoratlarining; nazorat amallari aralashmasida qancha
miqdordagi qismini tashkil etishini aniqlashlari lozim. Avtomatik dastur
nazoratlarini to’g’ri ishlashi uchun tashkilot samarali umumiy kompyuter
nazoratiga (ba’zan axborat texnologiyalari umumiy nazorati sifatida ta’riflanadi)
ega bo’lishlari lozim. Umumiy kompyuter nazorati keng tarqalgan nazorat amali
hisoblanib, biz kundalik hayotimizni rejalashtirishda foydalanadigan ko’plab
turdagi axborot texnologiyalari tizimiga: bosh kompyuterlar, ishchi stoli
kompyuterlari, noutbuklardan tortib telefon qurilmalarigacha; ta’sir qiladi.
Umumiy kompyuter nazorati o’z ichiga texnologiyalar infrastrukturasi, xavfsizlik
boshqaruvi hamda texnologiyani o’zlashtirish, rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash
ustidan qo’lda yoki avtomatik olib boriladigan nazorat turlarini oladi.
Texnologiyalar infrastrukturasi. Texnologiyalar infrastrukturasi axborot
texnologiyalarining samarali ishlashi uchun yordam beradi. U dasturlarning
faoliyat olib borishi uchun hisoblash manbaalari va hattoki texnologiyani qo’llab
quvvatlash uchun kerak boladigan elektr energiyasi kabi texnologiyalarni bir biriga
bog’laydigan aloqa tarmog’ini o’z ichiga oladi. Nazorat amallari texnologiya bilan
bo’ladigan istagan muammoni aniqlash va to’gri yechim topishda muhim
hisoblanadi. Infrastrukturaga tegishli bo’lgan ikkita muhim nazorat amallari ham
171
mavjud bo’lib bular zaxiralash jarayonlari va falokatlardan qutqarish rejalari
hisoblanadi.