A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Nazorat amallarini tanlash va shakllantirish (TKHTQ 10 prinsipi)



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
АУдит дарслик

Nazorat amallarini tanlash va shakllantirish (TKHTQ 10 prinsipi) 
Garchi ba’zi nazorat amallari: majburiyatlarni taqsimlash, mustaqil 
kelishuvlar, vakolat va tasdiqlashlar, tekshiruvlar; ko’pgina korxonalarda 
foydalanilsa ham nazorat amallarining jami tizimi barcha korxonalar uchun mos 
kelmaydi. Aksincha, korxonalar risklarni baholash vaqtida aniqlanadigan risklarga 
mos keladigan nazorat foliyatlarini tanlaydilar hamda shakllantiradilar. Misol 
uchun, yuqori darajada nazorat qilinadigan korxonalarda, pas darajada nazorat 
qilinadigan korxonalarga nisbatan anchagina murakkab nazorat faoliayatlariga ega 
bo’ladilar. Boshqa misolga e’tibor qaratamiz, markazlashmagan faoliyatga hamda 
mahalliy avtonimiya va innovatsiyalarga urg’u beradigan korxonalar, faoliyati 
hududlar bo’ylab doimiy bo’lgan hamda yuqori markazlashgan korxonalarga 
qaraganda turlicha nazorat amallariga ega bo’ladilar.
Tranzaksiyalar nazoratlari 
Tranzaksiyalar nazoratlari (dastur nazoratlari deb ham yuritiladi) 
nazorat amallarining muhim turini namoyish etadi. Ular tranzaksiyalar ishlov 
berishi xavf-xatarlarini yumshatish maqsadida amalga kiritilgan nazorat amallari, 
va ular ma`lum bir jarayonlar, ma`lumot almashinuvlar, hisob raqamlari va 
tasdiqlarga ta`sir ko`rsatadi. 13 – chizmada moliyaviy hisobot hisob raqamlari va 
oshkor qilishdagi ma`lumot sifatiga sezilarni ta`sir ko`rsatuvchi ma`lumot 
almashinuvlarining uch toifasi ko`rsatilingan. Ular 
• Biznes jarayonlari 
• Hisob raqami taxminlari 
• O`zgartirish, tugatish va noodatiy kirishga aloqador ma`lumot 
almashinuvlarini o`z ichiga oladi. 


166 
Ma`lumot almashinuviga ishlov berish jarayoni davomida tashkilot 
ma`lumotga ishlov berish mukammal, aniq va yaroqli bo`lishini xohlaydi. 
Tashkilot quyidagi nazorat maqsadlariga erishishni xohlaydi: 
• Qayd etilgan ma`lumot almashinuvlari mavjud va sodir bo`lgan 
• Barcha ma`lumot almashinuvlari qayd etilgan
• Ma`lumot almashinuvlar chin ma`noda qadrlanadi 
• Ma`lumot almashinuvlar munosib namoyish qilingan va oshkor etilgan 
• Ma`lumot almashinuvlar tashkilotning huquq va majburiyatlariga aloqador. 
Sotish va sotib olish kabi ma`lum biznes jarayonlari davomida 
namoyish etilgan turli xil ma`lumot almashinuvi nazoratlari mana shu ishlov berish 
maqsadlari erishilganligi to`g`risida asosli tasdiq taqdim etish uchun amalga 
kiritilgan. Biznes ma`lumot almashinuviga ishlov berish nazorati amallari 
kompyuter moslashuvi yoki asoslilik tekshiruvlari kabi tasdiqlar, tafsilotlarga boy 
ko`makchi hisob raqamlari va nazorat hisob raqamlari o`rtasida kelishuv tekshiruvi 
kabi kelishuvlar, va harajatlar hisobotining nazoratchi tomonidan tasdiqlanishi kabi 
vakolatlar va ma`qullashlarni o`z ichiga oladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin