A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Boshqa Muhim Nazorat amallari



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   189
АУдит дарслик

Boshqa Muhim Nazorat amallari. 
Boshqa Muhim Nazorat amallari o’z 
ichiga 
vazifalarni taqsimlash va aktivlar ustidan nazorat. Vazifalarni ajratish 
bu muhim nazorat amali bo’lib, biror shaxsning firibgarlikni amalga oshirish yoki 
firibgarlikdan qochish risklarini oldini olish maqsadida shakllantirilgan. 
Vazifalarni ajratishni to’g’ri amalga oshirishda 
eng kamida ikkita ishchi 
qatnashishini talab qilinadi, shunda bir ishchida (a) hokimiyat va o’tkazmalarni 
amalga oshirish imkoniyati bo’lmasa, ikkinchi ishchida esa (b) saqlash 
majburiyatlari bo’lmaydi. Bu kabi vazifalarni ajratish haqiqatda mavjud bo’lmagan 
yoki noqonuniy o’tkazmalarni ro’yhatdan o’tkazish va so’ngra buxgalteriya 
jarayonida ushbu o’tkazmalarni yopib yuborish holatlarini oldini olish imkonini 
beradi. Aktivlarni ro’yhatdan o’tkazish va jismoniy saqlash ya’ni qo’riqlashni bir 
biridan ajratish, saqlash majburiyatlariga ega bo’lgan shaxsning aktivlarni 
o’zlashtirishi va buxgalteriya kiritmalariga haqiqatda mavjud bo’lmagan kirimlarni 
amalga oshirish orqali qoplab yuborishini oldini olish maqsadida joriy qilingan. 
Jismoniy nazorat aktivlarning tasodifiy yoki qasddan zarar yetkazilishi va 
o’g’irlanishidan himoya qilish va saqlash uchun muhim hisoblanadi. Jismoniy 
nazoratga misollar sifatida inventarlar saqlanuvchi omborlarga kirishni taqiqlovchi 
xavfsizlik qulflari va naqd pul yoki boshqa likvid aktivlarga kirish imkonini 
chegaralab qo’yuvchi kuchli himoyalangan xonalar, seyflar va shunga o’xshash 
vositalarni keltirishimiz mumkin. Qo’shimcha nazorat bu moddiy aktivlar 
jumladan inventarlarning davriy sanog’ini olib borish va ushbu miqdorlarni qayd 
etilgan ya’ni kirim qilingan miqdorlar bilan mos kelishini solishtirish. 
Profilaktik va detektiv nazorat. 
Nazaorat amallarining muvofiq 
aralashmasi o’z ichiga har ikkala profilaktik va maxfiy nazoratlarni oladi. 


170 
Profilaktik nazoratlar xatoliklarni oldini olish uchun mo’ljallangan. Misol uchun, 
tahrirlash testlari bir qancha noto’g’ri o’tkazmalarni qayd etilishini oldini olishi 
mumkin. Odatda, profilaktik nazoratlar iqtisodiy jihatdan eng samarali hisoblanadi. 
Detektiv nazoratlar jarayonlar davomida yuzaga keladigan xatoliklatni oshkor etish 
uchun mo’ljallangan. Misol uchun, doimiy monitoring olib borish texnikalari qayta 
ishlanishi lozim bo’lmagan o’tkazmalarni aniqlaydi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin