olympiad.uzedu.uz Telegram (
https://t.me/olimpdep
)
Olimpiada topshiriqlari (II tuman bosqichi)
Biologiya 10-sinf
20.10.2023 11:00-12:30
1-qism: Har bir topshiriq 0,9 balldan baholanadi
1. Mitozning qaysi bosqichida xromosomaning xromatidalarini birlashtirib turuvchi belbog‘ uziladi,
xromatidalari mustaqil xromosomaga aylanadi?
A) profaza
B) anafaza
C) telofaza
D) metafaza
2. Bu hayvon tanasi jun bilan qoplangan, quloq suprasiga ega, o‘txo‘r, oshqozoni to‘rt bo‘lmali. Qaysi hayvon
haqida ma’lumot berilganligini aniqlang.
A) begemot
B) to‘ng‘iz
C) qulon
D) zubr
3. Autotrof oziqlanuvchi eukariot (a) va prokariot (b) organizmlarni aniqlang.
1) evglena; 2)
pichan bakteriyasi; 3) olingugurt bakteriyasi; 4) nostok; 5)
zarpechak; 6) nitella; 7) floks;
8) xrokokk
A) a-1, 4; b-3, 8
B) a-1, 6; b-3, 4
C) a-1, 3; b-4, 8
D) a-7, 6; b-2, 3
4. Sxemada moddalar almashinuvi bosqichi aks ettirilgan. Mazkur bosqichga xos jarayonlarni aniqlang.
1) energiya sarf bo‘lishi bilan boradi; 2) energiya
ajralishi bilan boradi; 3) 2 molekula ATF sintezlanadi;
4) barcha energiya issiqlik sifatida tarqaladi; 5) kislorod sarflanadi
A) 1, 5
B) 2, 3
C) 2, 4
D) 3, 5
5. Mitoz sikli profaza bosqichida kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang.
1) bo‘linish urchug‘i hosil bo‘lishi
boshlanadi; 2) xromosomalar hujayra qutblariga to‘planadi; 3) yadro
qobig‘i shakllanadi; 4) xromosomalar despirallashadi; 5) xromosomalar ikki xromatidadan iborat bo‘ladi
A) 1, 5
B) 2, 3
C) 4, 5
D) 1, 4
6. Qirqquloq va psilofitlarning umumiy jihatlarini aniqlang.
1) suvdan quruqlikka chiqqan dastlabki quruqlik o‘simliklari; 2) ildiz tizimiga ega; 3) sporalari
sporangiylarda yetiladi; 4) poyaning paydo bo‘lishi ilk aromorfoz hisoblanadi; 5) bargning paydo bo‘lishi ilk
aromorfoz hisoblanadi; 6) vegetativ organ - poyaga ega.
A) 2, 4
B) 5, 6
C) 3, 6
D) 1, 3
7. Gultojbarglarga xos fikrlar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilganligini aniqlang.
1) kartoshkada - o‘zaro qo‘shilib “nay” hosil qiladi; 2) qashqarbeda o‘simligida
- kapalak shaklida;
3) sachratqi o‘simligida - rivojlanmagan; 4) yerbag‘ir tugmachagulda - gulkosachadan 2
marta uzun;
5) oddiy g‘o‘zada - ikki qavat tuzilgan; 6) barbados g‘o‘zasida - limon rangda
A) 1, 3, 4
B) 2, 5, 6
C) 1, 2, 4, 6
D) 3, 5
8. Qashqaldoq (a) va qorayaloq (b) ga tegishli ma’lumotlarni aniqlang.
1) issiq qonli organizm; 2) diafragmaga ega; 3) ilik suyagi mavjud; 4) diafragmaga ega emas; 5) miyachada
burmalari mavjud; 6) ikki bo‘lmali oshqozonga ega; 7) tirik bola tug‘adi
A) a-2, 7; b-3, 5
B) a-2, 3; b-4, 6
C) a-1, 5; b-2, 6
D) a-6, 7; b-1, 5
9. Buyrak yallig‘lanishi (a), qovuq yallig‘lanishi (b), siydik chiqarish yo‘lini yallig‘lanishi (c) kasalligi qanday
nomlanadi?
A) a - nefrit, b - sistit, c – uretrit
B) a - sistit, b - nefrit, c - uretrit
C) a - uretrit, b - sistit, c – nefrit
D) a - prostatit, b - nefrit, c - sistit