76
Shkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni
klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son
shkalalari qo‘llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi.
Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va korrelyasiya
uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo‘llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina
texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va
operativligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko‘ra
hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari,
kompyuterlar ishlatiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday?
2. Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi?
3. Amaliyotda axborot to‘plashni qanday uslublari qo‘llaniladi?
4. Axborot to‘plashni imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz?
5. Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi?
6. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan
foydalaniladi?
7. Axborot manbalari nimalardan iborat?
8. Dala tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz?
Dostları ilə paylaş: