№1 2022 7
L.Vodachek va O.Vodachkova innovatsiyalarni “korxona faoliyatining tizim
sifatida maqsadli oʻzgarishi” deb taʼriflaydilar. [8] “Innovatsiya” tushunchasining
yuqoridagi taʼriflari oʻzgarishlarni mikroiqtisodiy xususiyatini aks ettiradi va bu
yerda ular tashkilot faoliyatini modernizatsiyalash omili sifatida koʻrib chiqilgan.
B.Santoning fikriga koʻra, innovatsiya- bu yuqori sifatli texnologiyalar yaratiladigan
texnik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon. L.A.Bayev va E.V.Shugurov fikriga koʻra,
“innovatsiya” tushunchasini aniqlashda quyidagi yondashuvlar mavjud:
obyektga koʻra yondashuv;
jarayonli yondashuv;
obyekt-naflilik yondashuvi;
jarayon-naflilik yondashuvi;
jarayonli-moliyaviy yondashuv.
Obyektga koʻra yondashuvga asosan, ilmiy-texnik taraqqiyotning natijasi -
yangi texnika va texnologiya – innovatsiyalar boʻlib xizmat qiladi. Obyekt mezoni
quyidagilarni alohida ajratib koʻrsatish imkonini beradi:
bazis
innovatsiyalar
-
yirik
ixtirolarni
amalga
oshirishdan
iborat,
texnologiyalarning yangi avlodini yaratishga sabab boʻlgan innovatsiyalar;
takomillashtiruvchi innovatsiyalar, yaʼni ilmiy-texnologik siklning barqaror
rivojlanishi bosqichida koʻp uchraydigan kichik ixtirolarni amalga oshiruvchi
innovatsiyalar;
soxta
innovatsiyalar
(ratsionalizatorlik
innovatsiyalar)
texnika
va
texnologiyalarning eskirgan avlodlarini qisman takomillashtirishga yoʻnaltirilgan
boʻlib, odatda texnik taraqqiyot sekinlashishiga olib keladilar, chunki ular jamiyatga
hech qanday samara bermaydi yoki salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Obyekt-naflilik yondashuviga koʻra, innovatsiya yangi ilmiy-texnik yutuqlarni
joriy etish asosida ishlab chiqarilgan yangi isteʼmol qiymati sifatida taʼriflanadi. Bu
yerda innovatsiyaning naflilik vazifasi ustunlik qiladi - jamiyatning yuqori naflilikka
ega boʻlgan ehtiyojlarini qondirish qobiliyati.
Jarayon-naflilik yondashuvi doirasida obyekt-naflilik yondashuvdan farqli
oʻlaroq, “innovatsiya” kategoriyasiga yangi amaliy vositani barpo etish, tarqatish va
qoʻllashning yaxlit jarayoni sifatida qaraladi.
Jarayon-moliyaviy yondashuv nuqtai nazaridan, innovatsiya - bu yangiliklarga
sarmoya kiritish, yangi asbob-uskunalar, texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarni
rivojlantirish
uchun
moliyaviy
resurslarni
investitsiyalash
jarayoni.
I.Abdurahmonovning fikriga koʻra, “Ilm mablagʻga aylansa, ana shu innovatsiya”
deb taʼriflaydi.[9]