103
bo’lgan mehnat unumdorligini o’stirish imkoniyatlarini qidirib topish va ularni ishlab
chiqarishga joriy etishda ish vaqti fotografiyasining ahamiyati kattadir. Shu bilan
birga ish vaqti fotografiyasi ma’lumotlaridan ish o’rniga xizmat ko’rsatish
normativlarini,
dam olish, ishga tayyorgarlik ko’rish va uni yakunlash vaqtlari
normativlarini tekshirish uchun foydalaniladi. Ish vaqti fotografiyasi kuzatish
tayanchiga ko’ra ishchining ish kuni, texnologik jihozning
ishlash va texnologik
jarayonning fotografiyasi deb ataladi. Mashina aralash qo’l mehnati, qo’l mehnatiga
asoslangan engil sanoat korxonalarida asosan ishchining ish kuni fotografiyasi
o’tkaziladi.
Kuzatish mo’ljallangan ishlarning soniga va ular mehnatining tashkil qilinishi
shakllariga ko’ra ish vaqti fotografiyasi bir necha turlarga bo’linadi:
a) yakka tartibda ish vaqtini
fotografiya qilish;
b) guruhni fotografiya qilish;
v) o’z-o’zini fotografiya qilish;
g) marshrutli fotografiya qilish;
d) ommaviy fotografiya va boshqalar.
Yakka tartibda fotografiya qilish usulida birgina ish o’rnida
bitta ishchi ustidan
kuzatuv olib boriladi. Guruhli fotografiyada esa kuzatuv alohida-alohida ish
o’rinlarida operatsiyalarni bajarayotgan bir guruh, ya’ni beshtagacha bo’lgan
ishchilar ustidan olib boriladi. Marshrutli fotografiya esa bir yoki bir guruh
ishchilarni muayyan marshrut bo’yicha aylanib yurib kuzatish yo’li bilan olib
boriladi. Ish vaqtini fotografiya qilish turlari quyidagi 2.2-rasmda ko’rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: