Reja: Lahim o‘tuvchi kombaynlar



Yüklə 0,58 Mb.
tarix15.11.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#69118
Lahim o\'tuvchi kombayn ish unumdorligini hisoblash.


Lahim o'tuvchi kombayn ish unumdorligini hisoblash.
Reja:

  1. Lahim o‘tuvchi kombaynlar

  2. Lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi

  3. Frezerli ishchi organli kombayn

  4. Xulosa

  5. Foyfalanilgan Adabiyotlar

Lahim o‘tuvchi kombaynlarning ishchi organlari tog‘ jinslari-ni buzishga va konstruktiv belgilariga ko‘ra ikkita asosiy guruhgabo‘linadi: burg‘ilovchi (uzluksiz) va tanlab (uzlukli) buzuvchi.O‘z navbatida burg‘ilovchi ishchi organi: rotorli (bitta plan-shaybali, o‘qi mos planshaybali va parallel o‘qli) va planetarli,tekislik va fazoli xiliga bo‘linadi. Uzlukli ishchi organlari bittatekislikda qo‘zg‘aluvchi (barli, koronkali va aralash) va ikkitatekislikda (bitta frezerli, ikkita frezerli, nurli, halqali, diskli vaaralash ishchi organli) qo‘zg‘aluvchi bo‘ladi.


Uzluksiz burg‘ilovchi ishchi organlarining, uzlukli ishchi organ-laridan farqi, burg‘ilovchi ishchi organlar birdaniga butun zaboygaishlov berib qazib o‘tadi, uzlukli tanlab olib o‘tuvchi ishchi organiesa zaboyning bir qismini burg‘ilaydi. Burg‘ilovchi rotorli ishchiorgani har xil qattiqlikdagi ruda va ko‘mirlarni buzishda ishlatilibbitta yoki bir nechta planshaybalardan 1 tuzilgan, har bir planshay-ba o‘zining o‘qi 2 atrofida aylanadi va tog‘ jinsining bir qisminiplanshaybaning yuzasiga teng yuza bilan buzadi (34-rasm). Plan-shaybaning aylanish o‘qi o‘zining holatini kombayn korpusiganisbatan o‘zgartirmaydi.Kombaynlarning ishchi organlari yumshoq tog‘ jinslari, rudava ko‘mir qatlamlaridan lahim o‘tganda keskich bilan, o‘rtachaqattiqlikdagi tog‘ jinslarida esa tishli yoki diskli sharoshka bilanjihozlanadi. Tog‘ jinsini buzuvchi asbobi har xil markali maxsusqattiq qotishma bilan qoplanadi. Keskichlar ishlash jarayonidakonsentrik kesik 4 qirqadi, kesiklar orasida qolgan tog‘ jinsiningbutun qismi 5 maxsus moslama (yumshoq tog‘ jinslari uchun disklipichoq, o‘rtacha qattiqlikdagilar uchun ponasimon va rolikli qula-tuvchi moslama) bilan buzib tushiriladi. Ishchi organ bilan tog‘jinsining bir qismi qirqilib, qolgan qismi qulatilishi ish jarayonidaenergiyani ma’lum darajada tejab qolishga sabab bo‘ladi.Rotorli ishchi organlari bitta planshayba bilan jihozlangan bittao‘qli, bitta o‘qda o‘rnatilgan ikkita bir-biriga qarshi aylanuvchiplanshaybali, o‘zaro parallel o‘qli, ikkita va undan ko‘p bir-birigayaqin joylashtirilgan planshaybali bo‘lishi mumkin. Bitta o‘qliishchi organlari bitta planshaybaga 1 ega bo‘lib, aylanish tez-ligi 5—10 ayl/min (34-rasm, a). Ko‘proq uch nurli planshaybaliishchi organi qo‘llanib, bunday kombaynlar zaboyga qadamlabuzatiladi, o‘tilayotgan lahimga ko‘ndalang kesim shaklini berishburmali frez yordamida amalga oshiriladi.O‘qlari moslashtirilgan planshaybali ishchi organlari tashqi 1va ichki 3 bir-biriga qarshi aylanuvchi planshaybadan tashkiltopgan (34-rasm, b). Planshaybalarning o‘qqa 2 nisbatan o‘zaroqarama-qarshi aylanishi ularning reaktiv momentlarini muvo-zanatlashtirib, mashinaning ko‘ndalang yuza bo‘yicha mustah-kamligini ta’minlaydi.Parallel o‘qli ishchi organlarga ikkita planshaybali 1 va 3 ishchiorganlar kiradi (34-rasm, d). Ular 2 ta alohida o‘qda joylashtiril-gan, qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi, bu ularning ish jarayoni-ga ta’sir etuvchi reaktiv momentlarini muvozanatlashtiradi. Uchta planshaybali kombaynlar ham ma’lum, ulardan ikkitasi chetida 1va 3 bitta tekislikda, uchinchisi 4 oldinga chiqarib o‘rnatilgan.Planetar ishchi organli kombaynlar ko‘mir va nisbatan bo‘shtog‘ jinslaridan lahim o‘tishda qo‘llaniladi va asboblarining birvaqtda ikki va undan ko‘p tekislikda qo‘zg‘alishi bilan farq qiladi.Ular yassi bo‘lishi mumkin (34-rasm, e). Bu ishchi organida qir-quvchi asbobi 1 zaboyga parallel tekislikda qo‘zg‘aladi hamdabir vaqtning o‘zida o‘qlar 2, 3 atrofida va fazoda aylanadi, bulardaqirquvchi asbobi 1 murakkab egrilikda, bir vaqtning o‘zida ikkitatekislikda o‘qlar 2 va 3 atrofida zaboy bilan doimo kontaktdabo‘lmay qo‘zg‘aladi.Tanlab (uzlukli) ta’sir etuvchi ishchi organlar ish jarayonidabir va ikki tekislikda qo‘zg‘alishi mumkin, bitta tekislikda qo‘zg‘a-luvchilari gorizontal yoki vertikal tekislikda tebranadi. Konstruk-siyasiga qarab bitta tekislikda qo‘zg‘aluvchi ishchi organlar barli,koronkali va aralash bo‘lishi mumkin.Barli ishchi organli kombaynlar ko‘mirdan va yumshoq tog‘jinslaridan tayyorlov lahimlarni o‘tishda qo‘llanadi. Ularningasosiy elementi qirquvchi zanjiri 1 bo‘lib, u zaboy yuzasini qo‘po-rib tushiruvchi keskichlar 2 bilan jihozlangan (35-rasm, a). Kom-baynni zaboyga gusenitsa yordamida tebranuvchi ishchi organiuzatadi.


Lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi barli ishchi organiningtebranish amplitudasi yoki ishchi organining o‘lchamlari yoki ik-kalasi orqali aniqlanadi. Barli ishchi organi bo‘lgan kombaynlarish jarayoni ko‘p energiya olsa ham ma’lum kon-geologik sharo-itlarda yetarlicha samarador mashinadir.Koronkali ishchi organli kombaynlar kameralarda qazish ishla-rida, shuningdek, tayyorlov va qirqma lahimlarni o‘tishda qo‘lla-niladi. Koronka 1 (yoki disk) vertikal yoki gorizontal asosga 3o‘rnatilgan, ular qirquvchi keskichlar 2 bilan jihozlangan (35-rasm, d). O‘tilayotgan lahimning har xil o‘lchamda bo‘lishini harxil diametrli koronkalar yoki disklar sonini o‘zgartirish hisobigaamalga oshiriladi. Aralash ishchi organlari barli va koronkali ishchiorganlardan tashkil topgan.Ikki tekislikda harakatlanadigan ishchi organlar bitta frezerli(bitta barabanli), ikki frezerli (ikki barabanli), nurli, halqasimon,diskli va aralash turlarga bo‘linadi.

Frezerli ishchi organli kombaynlar konlarida ko‘proq ishlatiladiva aylanuvchi 1, yiqituvchi koronka mahkamlangan qo‘zg‘aluvchidastakdan 2 tuzilgan (35-rasm, e). Koronka frez ko‘rinishidabajarilgan, kesishgan konuslar ko‘rinishida bo‘lib keskichlari 3bor. Ish jarayonida koronka dastak yordamida vertikal va gorizon-tal yo‘nalishda harakatlanadi. Ba’zi lahim o‘tuvchi kombaynlar-ning ishchi organ (dastak)lari teleskopik uskuna 4 bilan jihozlana-di, bu ularning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi va zaboyga mashinaniqo‘zg‘atmasdan uzatishga erishiladi, bu yuqoriga qarab burg‘ilash-da muhim rol o‘ynaydi.Ikki frezerli ishchi organlarda keskichlar 3 bilan jihozlanganva bitta dastakka 4 joylashtirilgan ikkita koronka 1 va 2 yokiikkita dastakka ikkitadan koronka o‘rnatilgan bo‘ladi (35-rasm,e).Nurli ishchi organi ikki frezerli ishchi organiga o‘xshaydi, lekinbarabanli frez o‘rniga nurli ushlab turuvchi 1 qo‘llangan. Ushlabturuvchi ikkala tomoniga qo‘zg‘aluvchi dastak 3 o‘rnatilganumumiy gorizontal aylanuvchi o‘qqa ega (35-rasm, f).Halqasimon ishchi organ ichiga shnek 2 o‘rnatilgan quvurdan1 iborat (35-rasm, g). Quvurning kengaytirilgan uchiga keskichlar3 joylashtirilgan, ular aylanib zaboyda halqasimon kesik hosilqiladi. Shnek massivdan ajratilgan tog‘ jinsini olib ketishga xizmatqiladi.Diskli ishchi organlar olmos 2 yoki keskich bilan jihozlangandisk 1 dan iborat (35-rasm, h). Disk dastakda 3 aylanib, tirqishhosil qilib, pog‘ona ko‘rinishida tog‘ jinsi yoki ko‘mirni buzadi.Pog‘onalar maxsus buzuvchi yordamida qulatiladi.Aralash ishchi organlar yuqorida keltirilgan bir nechta organ-lardan tashkil topadi. Masalan, bir tomonga aylanuvchi keskichlari2 bo‘lgan qirquvchi halqa 1, qarama-qarshi tomonga aylanuvchi,teleskopik strelaga 4 joylashtirilgan uch nurli qurilma 3dan iborat(35-rasm, i). Aralash qurilma, shuningdek, keskichlari 2, frezerdiski 3, buriluvchi rama 5, pastki o‘qi 4, tayanch konstruksiyasi6 bo‘lgan bir nechta zanjirli bardan 1 iborat bo‘lishi ham mum-kin (35-rasm,j).Lahim o‘tuvchi kombaynlarning yuruvchi organlari gusenitsaliva qadamlovchi bo‘lishi mumkin. Gusenitsali yuruvchi organ ko‘p-roq qo‘llanib, mashinaning zaboyga yurishini, manyovr harakat-larini bajarishini va yerosti lahimlarida mashinaning yurishinita’minlaydi. Gusenitsali yuruvchi organ elektr va gidroyuritmayordamida ishlaydi. Gidroyuritma mashina tezligini keng diapo-zonda, bir tekisda rejalashtiradi, unga katta zo‘riqish berib bo‘lmasligi va bu zo‘riqishni gusenitsa bilan yo‘l o‘rtasidagi birikishkoeffitsiyentiga bog‘liqligi gusenitsali yuruvchi organning kam-chiliklaridan hisoblanadi.Qadamlash mexanizmi mashinani bosim ostida zaboyga uza-tib berishni, uning ta’sirida zaboyni samarali buzishni amalgaoshiradi. Katta kuch ta’sirida o‘tilayotgan lahim devorlari butun-ligining qo‘llaniladigan tirgaklar kuchi ta’sirida buzilishi qadam-lab yurishining asosiy kamchiligidir. Qadamlovchi mexanizmgakuch to‘rtta gidrodomkrat (ikkita tirgakka va ikkita uzatuvchiga)orqali beriladi. Ish jarayonida tirgak domkratlari lahim devorla-ridan bo‘shatiladi va ular uzatuvchi domkratlarga qo‘zg‘almas bazabo‘lib xizmat qiladi.Zaboyni ishchi organi bilan buzayotganda hosil bo‘ladigan re-aktiv aylantiruvchi moment ham tirgak gidrodomkratlar orqali qabulqilinadi. Uzatuvchi domkratlarning shtogi oxirigacha chiqazilganda,tirgak domkratlar bo‘shatiladi va shtogini chiqqan qiymatiga tor-tib oladi (yurish qadami). Keyin, yana tirgak domkratlar lahimdevorlaridan bo‘shatiladi va qadamlash sikli boshidan qaytariladi.Zaboyda tog‘ jinslarini buzish jarayonida, yuklash va tashishdama’lum miqdorda chang ajraladi. Changning miqdori 3000 mg/m3gacha yetishi mumkin, bu kombayn va ishchilarning ishlashiuchun yo‘l qo‘yilmaydigan holni vujudga keltiradi. Chang bilankurashish va chang miqdorining sanitar me’yorida bo‘lishi uchunshamollatish va zaboyga suv sepish qo‘llaniladi. Masalan, 4—5mk chang bo‘lakchalari zaboydan havo orqali olib chiqiladi,changni so‘rib olish qurilmasi chang zarrachalarini so‘rib olibshlang orqali olib ketiladi. Changning 6—10 mk li zarrachalarisuv sepish usuli bilan bostiriladi.Lahim o‘tuvchi kombaynlar asosan elektr energiya yordamidaishlatiladi. O‘zgaruvchi tok 380 V yoki 660 V kuchlanish orqaliuzatiladi. Kombaynlarda qisqa tutashgan rotorli asinxron elektrdvigatellari portlashga xavfsiz holda qo‘llaniladi. Mashinani ishgatushirish va ishdan to‘xtatish mashinist yordamida kombaynningo‘zida turib boshqariladi. Hozirgi vaqtda lahim o‘tuvchi kombayn-larning unumdorligini oshirish nafaqat ishchi organlari konstruk-siyasini takomillashtirish hisobiga, balki yuritmasining quvvatinioshirish va mashina vaqti hisobiga amalga oshiriladi.Lahim o‘tuvchi kombaynlarning yuklash qurilmalari zaboyniqulatilgan tog‘ jinslaridan tozalash vazifasini bajaradi. Yuklashqurilmalarining konstruksiyasi ko‘proq ishchi organining konst-ruksiyasiga bog‘liq, shuning uchun yuklash organi ishchi organidan alohida mexanizm qilib, u bilan birgalikda yoki qayta yuklovchikombayn konveyeri bilan qo‘shilgan holda chiqarilishi mumkin.Har xil fizik-mexanik xususiyatga ega bo‘lgan tog‘ jinslariniyaxshi tozalab olib yuklash, yuqori darajada qattiq va ishchan,shuningdek, ishchi organini maksimal unumdorligini yuklabulgurish kabilar yuklash organlariga qo‘yiladigan talablarningasosiylari hisoblanadi.Yuklash qurilmalari qamrab oluvchi panjali, sidirgichli, barli,kovshli va shnekli bo‘lishi mumkin. Qamrab olib panjalariyordamida yuklab beruvchi mexanizm oxirgi vaqtda lahim o‘tuvchikombaynlarda ko‘mir va boshqa tog‘ jinslarini yuklab berishdakeng qo‘llanib kelinmoqda. U ikkita va to‘rtta qamrab oluvchipanja 1, qiya stol 2, qayta yuklovchi konveyer 4, krivoship-shatunlimexanizm 3, yuritma va butun qurilmani ko‘tarib pastga tushi-ruvchi domkratlardan Qamrab oluvchi panjali yuklash qurilmasining qulay tomoniuning yuqori unumdorliligi, ishda ishonchliligi va yuklovchi keng-ligini, kerak bo‘lganda, maxsus kengaytiruvchi qurilma orqali kengaytira olishidir. Asosiy kamchiligidan biri yuklanilayotgantog‘ jinsi bir qismini panja orqaga yurganda qaytarishi vapanjalarining qattiq tog’ jinsi orasida qisilib qolishidir.Sidirgichli yuklash organi o‘zida yuklash va tashish funksiya-sini mujassamlantiradi. U sidirgichning bir uchi bilan zanjirgaqotirilib uni tarnov orqali harakatlantiradi. Tog’ jinsiniqamrab, yuklab beradi va qayta yuklovchi konveyerdan yukningharakatini amalga oshiradi.Sidirgichli yuklovchi qurilmaning afzalligi yuklash va tashishfunksiyasini birga amalga oshirishi, konstruksiyasining soddaligi,kamchiligi aralash tog‘ jinslarini yuklashga yaxshi moslanmagan-ligi, nisbatan detallarining tez yedirilishi hamda FIK ningkichikligidadir.Barli yuklash qurilmasi tekis bar 1, uning sidirgichli zanjiri 2,zanjirga bir uchidan mahkamlangan sidirgichi 3dan iborat. Bar yuklash tekisligida 4 burilishi mumkin, tortuvchizanjir bilan birga harakatlanuvchi sidirgich yukni qamrab olibqayta yuklovchi konveyer 5ga ortib beradi.Kovshli yuklovchi qurilma, odatda, burg‘ilovchi kombaynlardaishlatiladi. Unda kovsh 1 rotorli ishchi organining gardishi 2gao‘rnatilgan bo‘ladi. Tog‘ jinsi yerdan kovsh orqalitozalab olinib maxsus teshikka 3 to‘kiladi. Burmali frezlar 4 tog‘ jinslarini lahimning markaziga surib beradi. Kovshli yuklashqurilmasining afzal tomoni konstruksiyasining soddaligi, maxsusyuritmasining yo‘qligida, kamchiligi esa nam tog‘ jinslarini yukla-ganda yopishib qolish hisobiga unumdorlikning kamayishida.Shnekli yuklash qurilmalari tog‘ jinslarini yuklash bilan birgazaboyni buzib berishi ham mumkin. Shuning hisobigayuklash kengligini va lahim ko‘ndalang kesim yuzasini ko‘paytirishmumkin. Bermali frezni shnegi bilan qamrab olinib, uzatib beril-gan tog‘ jinsi sidirgichli konveyer ostidagi yoki ustidagi listigakelib tushadi.

Lahim o‘tuvchi kombaynlarning unumdorligi o‘tilayotgan la-himning zaboydan vaqt birligida kombayn yordamida ajratibolingan tog‘ jinsining miqdori yoki vaqt birligida o‘tilayotgan lahimzaboyining surilish uzunligi bilan aniqlanadi.Lahim o‘tuvchi kombaynning unumdorligi kombaynning ishchiorgani va ishlash sharoitiga, kombaynning konstruktiv o‘lcham-lariga, kon-geologik sharoitga, zaboyda mehnatni tashkil etishgava boshqa omillarga bog‘liq. Zaboyga burg‘ilab ta’sir etuvchi ishchiorganli lahim o‘tuvchi kombaynning nazariy unumdorligi (Qn,Pn) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Qn=3600S umax•g, t/soat,
Yoki
QSPnnmax3600==γυ, m/soat.
bu yerda: S — o‘tilayotgan lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi,m2; umax kombaynning maksimal uzatish tezligi, m/sek; g —tog‘ jinsining massivdagi zichligi, t/m3.
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning asosi bo‘lgan ko‘mir sanoa-tini rivojlantirish, ya’ni ko‘mir qazib chiqarishni ko‘paytirish ko‘-mir qazib chiqaruvchi boshqarmalar, ko‘mir qazib chiqarishkorxonalari, kon mashinalarini ishlab chiqaruvchi zavodlar, il-miy-izlanish va loyihalash korxonalarining asosiy dasturi bo‘libqolmoqda.Hozirgi vaqtda foydali qazilma qazib chiqarishni rivojlanti-rishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishi kon ishlarini konsen-tratsiyalash va intensivlashtirishga qaratilgan. Bu reja foydali qazil-ma qazib chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomat-lashtirish hamda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish orqali amalgaoshirilishi kerak.Ko‘mir qazib chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish konishlarini konsentratsiyalash va foydali qazilma qazib olishni inten-sivlashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish vamaksimal holatda qo‘l mehnatini cheklashni talab qiladi. Bu,ayniqsa, yerosti usuli bilan foydali qazilmani qazib olishda, konmashinalari unumdorligini, shu mashinaning geometrik o‘lcham-larini oshirish hisobiga emas, balki ular ishchi organlarini tako-millashtirish, mashina mustahkamligini, ishonchliligini, ish reji-mini to‘g‘ri tashkil etish, undan foydalanish koeffitsiyentini oshi-rish hisobiga amalga oshirilishi lozim.Shuning uchun, shunday avtomatlashtirish sistemalarini qo‘l-lash kerak bo‘ladiki, bu yo‘nalishda foydali qazilmalarni yerostidabevosita ishchilar ishtirok etmasdan turib qazib oluvchi komp-lekslar va agregatlar barpo etish zarur bo‘ladi yoki minimal sonliishchilarning yerostida nisbatan kam vaqt bo‘lishi taqozo qilinadi.Bu ishlar albatta sotsial, iqtisodiy va texnik talablar doirasidaamalga oshirilishi zarur.Hozirgi vaqtda kon ishlarida, hattoki, bir xil kon sharoitlaridako‘p sonli xilma-xil kon mashinalari ishlatilmoqda. Bu mashina, kompleks va agregatlar bitta funksiyaga mo‘ljallangan bo‘lganligiuchun ularni tanlash, qo‘llash va o‘zlashtirish ishlarida birmunchaqiyinchiliklar tug‘ilmoqda.Bir xil va har xil sharoitlar uchun turli konstruksiyadagi ko‘mirqazib chiqarish texnikasini ishlab chiqarish, ishlatish, kon ma-shinalari, komplekslari va agregatlarining yangi turlarini ishlabchiqarish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hali ham qisman ilmiyizlanish, loyihalash bosqichida ekanligini ko‘rsatib turibdi.Yuqori unumdorlik, yuqori sifatli, tejamkor, jahon talablaridarajasidagi yangi texnikani yaratish va bor texnikaning sifatini,ishchanligini oshirish, bu sohada birdan-bir nazorat va sifatdarajasini hamma jarayonlarda: loyihalash, ishlab chiqarish, yig‘ishva sozlash, sinash, ishlatishda hamda ish jarayonida sifatli texnikxizmat ko‘rsatishda tekshirishni tashkil etishni talab qiladi.Kon sanoatini nafaqat lava va zaboylarda, balki yerosti trans-portida, stvololdi lahimlarida, kon yuqorisidagi inshootlarda ham,yangi progressiv texnologiya bilan foydali qazilmalarni qaziboluvchi yuqori unumli mashinalar bilan ta’minlash lozim. Ya’ni,konlarning hamma bo‘limlaridagi texnikani to‘la mexanizatsiya-lash va avtomatlashtirilgan sistemalar bilan qayta ta’minlash lozim.Buning uchun kon sanoati uskunalarini ishlab chiqarishda kamtannarxli, texnik jihatdan yuqori sifatli, ishonchli va uzoq mud-dat ishlayoladigan mashina va mexanizmlarni qo‘llash taqozoqilinadi. Bu sohada yangi texnikani ishchilar va atrof-muhit uchunxavfsiz, ishlashga qulay, chang chiqarmaydigan (yoki kam changchiqaradigan), yuqori samarali, tejamkor xillarini qo‘llash tav-siya qilinadi. Konda samarali changtutkichlarni qo‘llash ko‘zdatutiladi.Hozirgi vaqtda quyidagi jarayonlar: ko‘mirni qirqish, qulatish,yuklash, tashish kabilar to‘la mexanizatsiyalashtirilgan. Kombayn-lar ikki turga: lahim o‘tuvchi va ko‘mir qazib chiqaruvchilargabo‘linadi.O‘rganilayotgan fanda kombayn, kompleks va agregat ibora-lari bir-biridan farq qilsa ham ularning hammasi bitta jarayonga —foydali qazilmani qazib olishga xizmat qiladi.Kombayn deb, foydali qazilma qazib olishda bir vaqtning o‘zidako‘mir qatlamini qirqish, qulatish, lozim bo‘lsa maydalab berishva zaboyoldi konveyeriga yuklab berish jarayonlarini bajaruvchimashinalarga aytiladi.Kompleks deb, individual (shaxsiy, alohida), komplekt yokiaralash asosiy o‘lchamlari bilan o‘zaro moslashgan, mavjud kon- geologik sharoitlarda ko‘mirni qazib olishda hamma asosiyjarayonlarni bajaruvchi mashina va mexanizmlarga aytiladi.Qazib oluvchi agregatlar deb, konstruktiv va kinematik tomon-dan birlashgan, bir-biriga bog‘liq va hamma ko‘rsatkichlari bilano‘zaro moslashgan, foydali qazilma qazib olishda hamma jara-yonlarni mazkur kon-geologik sharoitlarda bajaradigan mashinava mexanizmlar komplektiga aytiladi.Foydali qazilma qazib olishda mexanizatsiyalash lozim bo‘lganjarayonlar soni foydali qazilmaning yerostida yotish holati va uniqazib olish sistemasi bilan aniqlanadi. Ma’lum sharoitlarda (ma-salan, kamera sistemasi bilan ko‘mir qatlamini qazib olinayot-ganda), ko‘pincha, zaboyoldi bo‘shlig‘ini ish holatida ushlab turishuchun mustahkamlagichlarni o‘rnatishni mexanizatsiyalashga hojatbo‘lmasligi mumkin. Qiya va tik qatlamlarni qazib olishda foydaliqazilmalarni yuklash va bosh lahimgacha tashishni mexanizatsiya-lashga hojat bo‘lmaydi, chunki massivdan ajratilgan ko‘mir o‘zog‘irligi (gravitatsion) bilan bosh lahimga tushadi. Lekin hammahollarda qazib olishni mexanizatsiyalash majburiy va asosiy jarayonbo‘lib, u qazib olish unumdorligini belgilab beradi.Shunday qilib, kompleks yoki agregatlar qazib oluvchi kom-bayn, yuklovchi organ, zaboy bo‘ylab tashuvchi transport, mexani-zatsiyalashgan mustahkamlovchi va h.k. lardan tashkil topganbo‘ladi. Foydali qazilmani qazib chiqarish texnologik protsessi quyi-dagi alohida-alohida jarayonlardan iborat: kon massasini mas-sivdan ajratib olish, uni lavadan olib chiquvchi transport vositasigayuklash, qayta yuklash, joyigacha tashib borish, yerosti bosimigaqarshi mustahkamlovchilarni o‘rnatish va lava shipi (êðîâëÿ)niboshqarish.Kon mashinalari bir vaqtda shu jarayonlarning bittasini yokibir nechtasini bajarib foydali qazilma qazib chiqarish texnologikjarayonini amalga oshirishi mumkin.Konlarda kon-geologik va kon-texnik sharoitlarning, ma’danlarfizik-mexanik xususiyatlarining turli-tumanligi konstruksiyasijihatdan har xil kon mashinalarini yaratishga hamda ularning ma’lum qatorlarini tuzishga olib keldi. Ularni quyidagi turlargaajratish mumkin:1. Qirquvchi mashinalar — ko‘mir qatlamini qirqib, uni osonqulatishga sharoit yaratib beradi. Bular faqat bitta qirqish jara-yonini bajaradi. Qirqish chuqurligi 1,0—1,2 m, balandligi 0,09—0,15 m dan 0,2—0,25 m gacha.2. Kombaynlar — kamida ikkita va undan ortiq jarayonni ba-jaradi, ya’ni ko‘mirni qirqadi, qulatadi va yuklab beradi, ba’zidamaydalab, so‘ng yuklaydi.3. Ko‘mir qazib chiqaruvchi kompleks va agregatlar hammaasosiy jarayonlarni bajaradi.Kombaynlar quyidagi turlarga bo‘linadi:— qazib olayotgan ko‘mir qatlamining yotish burchagiga qarab:kam qiyali (ïîëîãèé) — 0—25°, qiya —25°—45° va tik — 45°—90° burchak ostida yotgan ko‘mir qatlamini qazib oluvchi;— qazib olayotgan ko‘mir qatlamining qalinligiga qarab:yupqa — 1,2 metrgacha, o‘rtacha — 1,3—3,5 m va qalin — 3,5metrdan ortiq ko‘mir qatlamlarini qazib oluvchi;— ishchi organlarining turiga qarab — barli, koronkali, bara-banli (gorizontal va vertikal o‘qda aylanuvchi), diskli va shnekli — ishchi organini qamrash miqdoriga qarab: tor qamrovli —1 metrgacha, keng qamrovli — 1 metrdan ortiq qamraydigan ma-shinalar;— zaboyni qazib olish texnologik tizimiga qarab — yonidan(ôëàíãîâûé), oldidan (ôðîíòàëüíûé) va aralash (êîìáèíè-ðîâàííûé) usul bilan;— kombaynni tortuvchi (yurgazuvchi) qismining turiga qa-rab — zanjirli va sim arqonli;— kombayn yuruvchi qismining turiga qarab — o‘zi yuruvchi(gusenitsada), tashqi kuch yordamida (o‘zi yurmaydigan);— ishlatadigan energiyaning turiga qarab — elektr, pnevma-tik va gidravlik energiya bilan ishlovchi;— yurish tezligini o‘zgartiruvchi (âàðèàòîð)ning turiga qa-rab — gidravlik, elektrik, o‘zgaruvchi (ïóëüñèðóþùèé) va tepkilitezlik o‘zgartiruvchisi bo‘lgan mashinalar.Barli ishchi organlar «Êèðîâåö», «Äîíáàññ—1û va boshqakombaynlarda qo‘llaniladi. Bularning kamchiligi ularni FIK ningkamligi, ma’danni qirqish uchun energiya sarfining ko‘pligi,ko‘mir juda maydalanib, hatto changga aylanib ketishidir.Koronkali ishchi organlari ko‘mir qatlamini tanlab, halqasi-mon tirqishlar hosil qilib, so‘ng uni maxsus moslamalari bilanqulatadi. Masalan: ÊÑÒÃ, ÁÊ—52 va boshqa kombaynlar ishchiorganlarining afzalligi: nisbatan yuqori FIK va kam energiyasarflashi bo‘lsa, kamchiligi: ishchi organlarini qatlamga moslabboshqarish (regulirovka qilish)ning murakkabligi, keskichlargatushadigan kuchning o‘rnatish radiusiga qarab har xil bo‘lishidir.Barabanli va shnekli ishchi organlari foydali qazilmani zaboyyuzidan qirqib olib ishlaydi, qirindining qalinligi 20—30 mmatrofida bo‘ladi. Barabanlar gorizontal va vertikal o‘qlarda ayla-nishi mumkin. Masalan: MK—67, «Êàçàõñòàí» kabi kombaynlar.Ularning afzalligi: tuzilishining oddiyligi, FIK ning yuqoriligi,nisbatan har xil qattiqlikdagi ko‘mirni qaziy olishligi va h.k.Kamchiligi: ko‘mirni maydalab yuborishi, changning ko‘p chiqishiva h.k. Massivdan ajratib olingan foydali qazilma yoki boshqa tog‘jinslarini zaboyoldi konveyeriga yoki boshqa transport vositalari-ga yuklash kombayn unumdorligini oshirishda, ishchilarning ish sharoitini yengillatish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashdamuhim rol o‘ynaydi.Zamonaviy foydali qazilmani qazib oluvchi komplekslarni harxil kon-geologik sharoitlarda samarali ishlatib kelinayapti, lekinfoydali qazilma qazib chiqarish miqdori va mehnat unumdorligimexanizatsiyalashtirilgan lavalarda hamma jarayonlarni, ayniqsa,yuklash jarayonini to‘la mexanizatsiyalanmagani tufayli ish deyarlioldiga siljimayapti. Kombaynlarning yuklash organlari o‘zini ishchiorganining konstruksiyasidan qat’iy nazar quyidagi talablarga to‘lajavob berishi kerak:— ishlatilayotgan sharoitda kombaynlarning maksimal unum-dorligini ta’minlashi kerak. Yuklash organining unumdorligiquyidagi shartni bajarishi kerak:
QY³QQ.M.,bu
yerda: QY va QQ.M —
mos ravishda yuklash organi va qaziboluvchi kombaynning nazariy unumdorligi;— zaboyoldi yo‘llarini yaxshi tozalashi kerak, unda qo‘l meh-natiga zarurat bo‘lmasin. Ko‘mir bo‘laklarini konveyer, seksiya-larga tiqilib qolishi, ularning mustahkamligini kamaytiradi, ularniqo‘zg‘atish vaqtida ko‘p vaqt sarfiga olib keladi va ko‘mir qatlami-ni to‘la qazib olinayotganligini nazorat qilishga to‘siq bo‘ladi;— qazib olingan ko‘mirni qo‘shimcha maydalab yubormaslikva lozim bo‘lganda ko‘mirni yirik bo‘laklarini tashish uchunbo‘laklarga oson maydalab berish qobiliyatiga ega bo‘lishi;— kombaynning zaboy qatlamiga ishchi organi bilan kirishigato‘siq ko‘rsatmasligi;— yuklash jarayonida changlatmaslik, changni bostirishga yor-dam berishi, buzuvchi organini shamol oqimidan himoya qilishikerak;— yuklash organini hamda kombaynni ishlatish ishonchliligi-ni ta’minlash, minimal o‘lcham va og‘irlikda bo‘lishi, ishlatila-yotganda qulay bo‘lishi, bir holatdan ikkinchi holatga mexanikta’sir yordamida o‘tishi zarur. Qazib oluvchi kombayn va kom-plekslarda qo‘llanilayotgan yuklash organlari quyidagi belgilarigaqarab turkumlarga bo‘linishi mumkin:
•ajratib olingan massaga ta’sir qilish prinsipiga qarab: statik —o‘zining alohida yuritmasi bo‘lmagan, aktiv — o‘zining alohidayuritmasi va massani zaboydagi konveyerga surib beradigankonstruktiv elementi bo‘lgan;
•sharoitini yengillatish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashdamuhim rol o‘ynaydi.Zamonaviy foydali qazilmani qazib oluvchi komplekslarni harxil kon-geologik sharoitlarda samarali ishlatib kelinayapti, lekinfoydali qazilma qazib chiqarish miqdori va mehnat unumdorligimexanizatsiyalashtirilgan lavalarda hamma jarayonlarni, ayniqsa,yuklash jarayonini to‘la mexanizatsiyalanmagani tufayli ish deyarlioldiga siljimayapti. Kombaynlarning yuklash organlari o‘zini ishchiorganining konstruksiyasidan qat’iy nazar quyidagi talablarga to‘lajavob berishi kerak:— ishlatilayotgan sharoitda kombaynlarning maksimal unum-dorligini ta’minlashi kerak. Yuklash organining unumdorligiquyidagi shartni bajarishi kerak:QY³QQ.M.,bu yerda: QY va QQ.M — mos ravishda yuklash organi va qaziboluvchi kombaynning nazariy unumdorligi;— zaboyoldi yo‘llarini yaxshi tozalashi kerak, unda qo‘l meh-natiga zarurat bo‘lmasin. Ko‘mir bo‘laklarini konveyer, seksiya-larga tiqilib qolishi, ularning mustahkamligini kamaytiradi, ularniqo‘zg‘atish vaqtida ko‘p vaqt sarfiga olib keladi va ko‘mir qatlami-ni to‘la qazib olinayotganligini nazorat qilishga to‘siq bo‘ladi;— qazib olingan ko‘mirni qo‘shimcha maydalab yubormaslikva lozim bo‘lganda ko‘mirni yirik bo‘laklarini tashish uchunbo‘laklarga oson maydalab berish qobiliyatiga ega bo‘lishi;— kombaynning zaboy qatlamiga ishchi organi bilan kirishigato‘siq ko‘rsatmasligi;— yuklash jarayonida changlatmaslik, changni bostirishga yor-dam berishi, buzuvchi organini shamol oqimidan himoya qilishikerak;— yuklash organini hamda kombaynni ishlatish ishonchliligi-ni ta’minlash, minimal o‘lcham va og‘irlikda bo‘lishi, ishlatila-yotganda qulay bo‘lishi, bir holatdan ikkinchi holatga mexanikta’sir yordamida o‘tishi zarur. Qazib oluvchi kombayn va kom-plekslarda qo‘llanilayotgan yuklash organlari quyidagi belgilarigaqarab turkumlarga bo‘linishi mumkin:•ajratib olingan massaga ta’sir qilish prinsipiga qarab: statik —o‘zining alohida yuritmasi bo‘lmagan, aktiv — o‘zining alohidayuritmasi va massani zaboydagi konveyerga surib beradigankonstruktiv elementi bo‘lgan;
Yuklovchi organlarning asosiy konstruktiv turkumlari. Kon ma-shinalari yuklovchi organlarining asosiy sxemalari 44-rasmdako‘rsatilgan. Vertikal tekislikda yopiq, halqasimon (çàìêíóòûé)sidirgichlar bilan jihozlangan yuklovchi zanjir buzilgan massanisidirgichlar 5 orqali yassi tekislikda 2 tashib, zaboydagi konveyer3ga yuklab beradi (44-rasm, a). Zanjir yulduzcha 4 va barniyo‘naltiruvchi ariqchasi 1 orqali harakatga keltiriladi. Yuklovchi-ning asosiy konstruktiv o‘lchamlari: zanjirni yukni qayta yuklashnuqtasiga ko‘tarish (a) burchagi, yuklash darchasining (m) baland-ligi, barning balandligi (H), kengligi (B), yurituvchi yulduzchaningradiusi (R3), sidirgichlar orasidagi (ls) masofa, sidirgichninguzunligi (b) (âèëåò), balandligi (h) va yurituvchi yulduzchaning(w) burchak tezligi. Juftlashtirilgan (ñïàðåííûé) gorizontaltekislikda yopilgan sidirgichli yuklovchi yopiq konturda harakatqilib, sidirgichlar 5 bilan yukni qamrab olib stol 1 orqali kerakbo‘lgan balandlikka ko‘tarib qayta yuklash punktiga olib boradi(44-rasm,b).Qamrab oluvchi panjali yuklovchi lahim o‘tuvchi va tog‘ jins-larini yuklovchi mashinalarda keng qo‘llanadi (44-rasm, d). Undadisk 4 aylanib panja 5 harakatga keltiriladi. Panja uchining ke-rakli harakat trayektoriyasi panja va suxar 6 (panjaning orti)ningo‘zaro joylashishi bilan aniqlanadi. Buzib tushirilgan massa qiyastol 1 orqali ta’minlovchi qayta yuklanuvchi joyga transportvositasi 3 bilan olib boriladi. Yuklovchining asosiy konstruktivo‘lchamlari: qamrash kengligi (B), 5 panjani d diametrli aylanadaaylanib yukni qamrab olishi, stolning yukni ko‘tarish burchagi(a), panjaning balandligi (h).Shnekli yuklash organining samaradorligi spiralning (a) o‘ralishburchagi, o‘ralish qadami (S), shnekning aylanish tezligi, diametri(Dsh), gupchak (ds), qamrash kengligi (B) va, shuningdek, maxsusmoslama — shnekning (to‘suvchi shit, spiralning o‘zgaruvchan qada-mi) yuqori to‘lalik koeffitsiyenti va yuk kelib tushuvchi joy (îêíî)ning geometrik o‘lchamlari bilan aniqlanadi. Amalda hamma qazib oluvchi komplekslar konveyer 1, yuk-lovchi lemex 2 bilan jihozlanadi. Bunday yuklashorgani baza deb ataladi. Lemexni ko‘mir massasiga maxsus kon-veyer stavi 3ga o‘rnatilgan domkrat yordamida yoki mexaniza-tsiyalashgan mustahkamlovchining seksiyasidagi domkrat yorda-mida kiritiladi.

Xulosa
Tozalash Kon kombayni ning qiya, yotiq va tik qatlamda ishlovchi; juda yupqa (0,8 m gacha), yupqa (0,81 — 1,21 m), oʻrtacha yupqa (1,21—3,5 m) va qalin (3,5 m dan yuqori) qatlamlardan qazib oladigan; shuningdek, tor joyni kamraydigan va keng joyni kamraydigan xillari bor. Tik qatlamda ishlovchi kombaynda koʻmir yuklovchi qismi boʻlmaydi. Tozalash Kon kombayni dagi asosiy ish organlari: kesuvchi zanjirlari boʻlgan bir yoki bir necha bar (rama)lardan iborat boʻlgan barli; aylanish oʻqi vertikal yoki gorizontal joylashgan barabanli; aylanish oʻqi gorizontal joylashgan shnekli; burgʻilash ish organlari. Boʻlardan tashkari, birlashtirilgan (mas, burgʻilash va barabanli) ish organlari ham qoʻllaniladi. Tozalash Kon kombayni kombaynga montaj qilingan mexanizm, kanat yoki gusenitsa yordamida harakatlanadi. Oʻtish Kon kombayni foydali qazilmani yoki jinslarni asosiy massadan ajratuvchi, strelkasimon, burgʻili (rotorli, rotorli-planetarli) va tebranma ish organiga ega. Ular gusenitsali, odimlovchi aralash harakatlantirgich yordamida harakatlanadi. Yuklash organi kovsh, sidirgichli konveyer, shnek va boshqa koʻrinishda boʻladi. Oʻtish kombaynlari yordamida butun kon yoʻlaklari ochib boʻlingach, shaxta maydoni lava deb ataluvchi ish uchastkalariga boʻlinadi. Har qaysi lavada tozalash kombaynlarida qazilmani qazishga kirishishdan oldin kesish Kon kombayni yordamida kon massasi butun lava boʻylab kesiladi. Bu kombayn bilan istalgan qatlamdagi koʻmir katlamini kesish mumkin. Bunday Kon kombaynining ish organi ikki sharnirli zanjiri boʻlgan tebranuvchi qoʻshaloq bardan iborat. Qazib chiqarilgan foydali qazilma yoki togʻ jinslari yuklash organi yordamida konveyerta ortiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1. Bober E.A., Egoshin V.V., Kuxarenko E.V. Osnoviy gornogo delo.
Uchebnoe posobie, 1,2,3 .-qism, Kemerova, 1996-1997, 380 b.
2. Burgakov A.S., Jejelevskiy Yu.A., Yarunin S.A. Texnologiya
mexanizatsi podzemnoy razrabotki plastovix mestorojdeniy.- M: Nedra,
1989, 336 b.
3. Howard L. Hartman, Jan M. Mutmanskiy. Itroductory Mining
Engineering, 2002, 584-588 b.
4. Egorov P. V., Bober Yu. N. i dr. Osnoviy gornogo dela, - М.:
Moskovskiy Gosudarstvenno'y gomo'y universiteti, 2003,425 b.
5. William A.Hustrulid, Mark Kuchta, Randall K.Martin. Open pit mine
planning and design. - press : CRC. Published : August 30.2013. -
pages: 1308.
6. Egorov P. V., Bober Yu. N. i dr. Osnoviy gornogo dela, - М.:
Moskovskiy Gosudarstvenno'y gomo'y universiteti, 2000, 405 b.
7. Egorov P.V., i dr. Podzemnaya razrabotka mestorojdeniy poleznix
iskopaemix. Praktikum. М., MGGU, 2002. -217 b.
8. Isamuhamedov U. A. Kon ishlari asoslari.-T: «O'zbekiston», 1998, 156
b. %
9. Isamuhamedov U.A. Er osti konchilik ishlari asoslari. -Т.: O'zbekiston,
1998, -120 b.
10. Jigarov M. L., Yarunin S. A. Texnologiya i mexanizatsiya podzemno'x
gomox rabot. - M: Nedra, 1990, 356 b.
11.Karetnikov V. N., Kleymanov V. B., Nujdixin A. G. Kreplenie
kapitalnox i podgotovitelno'x vo'rabotok. Spravochnik. — M: Nedra,
1989, 571 b
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin