248
saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.
4)
bashorat qilish funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon
iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi.
Xalqaro moliya
tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon
ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining
ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni
tashkil etish g‘oyasi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri
natijasida yuzaga keldi. Xalqaro moliya tashkilotlari
jahon iqtisodiyotini
rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo
mamlakatlarning 13 moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi.
Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon
iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta
va fond bozoridagi operatsiyalar;
budjet defitsitini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga
kreditlar – davlatlararo kreditlar;
xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek rezident tijorat
tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor
bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma
loyihalari, informatsion texnologiyalar
sohasidagi loyihalar, transport va
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshqalar) ichki loyihalar (bitta
mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor
bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati
(xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun
investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi
operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion
tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Xalqaro moliya
tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:
jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon
hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga
oshirish;
jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini
hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro
moliya
tashkilotlarida
qatnashish
darajasi
va
alohida
249
mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan
aniqlanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan
darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan
bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan xalqaro moliya
tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda
yirik xalqaro loyihalar
bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat
tashkilotlari bilan yaqin xamkorlikni talab etadi.
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning
vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan
iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda
(Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for
International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi
bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat.
Undan
tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat
yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan
iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd)
va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank
for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan
davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik
yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab
chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim
a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi.
Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni
moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni
jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan
loyihalarni amalga
oshirish uchun qarzga beradi.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar,
firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari,
xususiy korxona va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy
qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar
va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va
sug‘urta korxonalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining
turli elementlari orqali
ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan korxonalardan mablag‘
yetishmaydigan korxonalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim
moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va
250
iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;
riskni boshqarish;
savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish;
iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish
jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan
ta’minlash;
stimullashtirish
Dostları ilə paylaş: