Davlatiy moliya


-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI TIZIMI VA BYUDJET



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

17-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI TIZIMI VA BYUDJET 
TUZILMASI 
REJA: 
1.
 
Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi 
vakolatlar. 
2.
 
Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi). 
1. Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, boshqarish sohasidagi 
vakolatlar 
Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar 
yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini ifodalaydigan, davlat 
byudjeti jarayonida ular o’rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti 
mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmui 
davlat byudjeti tizimi
deyiladi. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti 
tizimi deyilganda esa mamlakatdagi mavjud 
byudjetlar to’plami (majmui)
tushuniladi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining tarkibiy qismi 
bo’lib, uning ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. Shu ma’noda, davlat byudjeti 
tizimi davlat byudjetiningo’zaro bog’liqlikda bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro 
yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy 
tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy 
bo’linishiga bevosita bog’liq.
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch bo’g’inli 
bo’lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi ikki bo’g’indan 
(markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlarda esa uch bo’g’indan 


284 
(markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat 
bo’lishi mumkin.
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanib tashkil etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti kodeksi”da mamlakatimiz davlat byudjeti 
tizimi shakllantirilishi va faoliyat yuritishining prinsiplari belgilab berilgan: 

davlat byudjeti tizimining yagonaligi;

davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga muvofiqligi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va 
xarajatlarini rejalashtirish; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq 
yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning 
natijadorligi;

kassaning yagonaligi; 

davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javob-garligi; 

ochiqlik. 
Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, 
davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti jarayoni prinsiplari, davlat 
byudjeti qonunchiligini buzganlik uchun sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat 
davlat byudjeti tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va 
davlat byudjeti mablag’lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi 
bilan belgilanadi. 
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy 
tuzilishiga muvofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy birlikning o’z mustaqil 
byudjeti bo’lishi shartligi bilan izohlanadi. Ma’muriy – hududiy birlik o’z 
byudjetini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanishda muayyan 
vakolatlarga ega bo’ladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi 
prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti mutlaqo balansli holda 
tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga oshirilishi mo’ljallangan xarajatlar moliya 
yilida olinajak daromadlar miqdoriga teng bo’lishi kerak. 
Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning 
hajmi davlat byudjeti daromad-lari va uning defitsitini moliyalashtirish 
manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo’lishi kerak-ligini 
bildiradi. 


285 
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar davlat 
byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish masalasiga alohida e’tibor 
berishlari kerak. 
Bundan tashqari, daromadlarni yig’ish va mablag’larni xarajat qilishda 
byudjetlarning bir-biriga bo’ysunadigan yuqori va quyi zvenolari qat’iy o’zaro 
bog’liqlikda harakat qiladi. 
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi byudjetlari 
daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish o’ta muhim 
prinsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz qilishning asosi bo’lib 
mamlakatni 
ijtimoiy 
– iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining natural 
ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida kelgusi davrda olinishi mumkin 
bo’lgan daromad-larning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan 
amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida 
byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz 
qilinsa, xarajatlar yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq 
yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi davlat byudjeti mablag’larini 
konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq maqsadlarni moliyalash-tirilishi 
oldindan belgilangan holda bo’lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko’zda 
tutilgan mablag’lar manzilliligini yoki yo’nalishini ko’zda tutil-magan maqsad-
larga o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat byudjeti 
qonunchiligini buzish hisob-lanadi

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi qonunchilik va 
davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organ-larining mamlakat davlat byudjeti tizimining tegishli darajalarida davlat 
byudjeti jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu 
prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat byudjeti 
tizimining har bir darajasida byudjetlar daro-madlarining o’z manbalariga 
egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonunchilikka 
muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllan-tirish bo’yicha 
vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining 
sarflanish yo’nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, 
byudjet to’g’risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qo’shimcha 
daromadlar, davlat byudjeti daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi 
summalari va davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha iqtisod qilingan summalarni 
olishning mumkin emasligini, davlat byudjeti to’g’risidagi qonunlarning ijro 
etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo’qotmalar va qo’shimcha 
xarajatlarni 
davlat 
byudjeti 
tizimining 
boshqa 
daraja-lari 
hisobidan 


286 
kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning o’zgarishiga bog’liq 
holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016 yilga 
qadar o’tgan davrda mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida byudjetlarning 
mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning 
natijadorligi prinsipining mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda 
vakolatli organlar va davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va 
ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishda 
mablag’larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi mablag’lardan foyda-
langan holda yuqori natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak.
Kassaning yagonaligi prinsipi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining barcha 
daromadlari Yagona g’azna hisobva-rag’iga kiritilishi va ularning xarajatlarini 
to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi. 
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgar-ligi prinsipi davlat 
byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti jarayonining har bir 
bos-qichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir. 
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan 
davlat byudjeti va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, 
davlat byudjeti ijrosi jarayonida ma’lumotlarning to’liq va to’g’ri berilishini, 
davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining 
yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish va 
qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida 
yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o’rtasidagi qarama-
qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot 
vositalari uchun albatta, ochiq bo’lishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari, Davlat 
byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi axborot
Moliya vazir-ligining rasmiy veb-saytida ham joylashtirilishi va yangilanib 
borishi kerak. 
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida 
amalga oshiriladi.
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat 
organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari 
quyidagilardan iborat
71

71
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


287 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek 
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab 
chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek 
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib 
chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob 
palatasiga yuboradi; 

byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi

byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga 
taqdim etadi; 

davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli 
jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib 
boradi hamda nazorat qiladi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi; 

o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli 
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit 
o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga 
yuboradi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 
tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi; 

Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili mobaynida Davlat 
byudjeti va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlari parametrlariga 
o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetining 
qo’shimcha 
manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi 
mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq 
davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin