294
ijro etishni tizimlash-tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro
tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
76
.
Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to’liqlik, yagonalik va o’zaro
muvofiqlikdan iboratdir
77
.
Davlat byudjeti tasnifining to’liqlik prinsipi dav-lat
byudjeti jarayonining
barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi dav-lat byudjeti jarayonining
barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti tasnifi qo’llanilishini
anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o’zaro muvofiqligi prinsipi davlat byudjeti
tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida davlat byudjeti jarayonining turli xil
operatsiyalarini hisobga olish uchun qo’llanilmasligini anglatadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi)da belgi-langan daromadlar va
xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning
resurslaridan foydalanishda moliya-davlat byudjeti intizomiga rioya etilishini
nazorat qilishga imkon beradi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga ham egadirki,
bu uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash
borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu
narsa
orqali ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so’ng barcha xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti daromadlari
tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi klassifika-
tsiyaning bo’linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga
majburdirlar. Demak, davlat byudjeti klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati
byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lgan-ligi va uning
ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va to’liq bajarishga
majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham
kasb etadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z
ichiga quyidagilarni oladi
78
:
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;
Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini o’z
ichiga oladi.
76
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
77
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 20-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
78
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 19-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
295
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi
quyidagilardan iborat
79
:
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari
tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining
manbalari va darajalari
tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag’lar
manbalariga va
ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi.
Daromadlarning turi bo’lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar
bo’limi daromad-larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek soliq
bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Daromad tipi davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat
bo’ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni
ma’muriy
jihatdan
idora
qiluvchi
tegishli
organga
mansubligini
identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan
daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib
berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identi-
fikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat byudjeti
tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini
aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi
quyidagilardan iborat
80
:
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari
tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif;
tashkiliy tasnif;
iqtisodiy tasnif;
hududiy tasnif.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari
tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag’lar manbalari va
byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning
vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar
yo’nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy
79
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 21-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
80
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 22-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son.
296
tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar
bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni
iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi.
Hududiy tasnif davlat
byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning tegishli
ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari
quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi:
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar,
kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga
ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo’yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida
nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga muvofiq);
to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar davlat byudjeti tasnifiga
muvofiq belgilanadi.
Davlat
byudjeti
defitsiti
(taqchilligi)ni
moliyalashtirish
manbalari
klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirishning ichki va
tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: