300
oshirishda namoyon bo’ladi. Masalan, ko’pchilik mamlakatlarda valyuta
fondining tashkil etish manbai markazlashtirilgan byudjet mablag’laridan
qaytarib berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir tomonlama
moliyaviy aloqalar fond daromadining bir qismini
moliya tizimining boshqa
bo’g’iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o’tkazganda ham vujudga keladi.
Masalan, AQShda tashkil etilgan Yo’l jamg’armasi maxsus soliqlar hisobiga tashkil
etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo’lgan davrlarda Federal byudjetga
zayom shaklida taqdim etiladi.
Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar.
Bunday
munosabatlar
amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo va moliya tizimining boshqa
bo’g’inlari o’rtasida sodir bo’ladi. Masalan, Pensiya jamg’armasi nafaqat maxsus
ajratmalar hisobiga tashkil etiladi, balki hozirgi davrda
respublika byudjetidan
olinayotgan subsidiya (transfertlar) hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir
vaqtning o’zida, agar fond daromadida aktiv saldo vujudga kelsa,
u ortiqcha
moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat g’aznachilik qimmatli qog’ozlarini
xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida
ham namoyon bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: