387
Yutuqli obligatsiyalar bo’yicha daromadlarning to’lanishi lotareyalar
asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta talabga ega emas.
Chunki
investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar.
Yutuq olishni istaganlar esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu
turdagi qarz majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo’lib, ular bo’yicha
daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to’rt marta to’lanadi. Investorlarning
ko’pchiligi ana shunday qarz majburiyatla-rini ma’qul ko’rishadi.
Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular
nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal bo’yicha sotib olinadi.
Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari ham kuponlarga ega bo’lmasligi
mumkin. Ular bo’yicha barcha daromadlar asosiy
qarzning summasi bilan
birgalikda to’lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham
nominalidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo’yicha sotib olinadi.
Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan.
Dostları ilə paylaş: