7. Daromadlarni aniqlash metodiga ko’ra :
barqaror (qat’iy) daromadli qarz majburiyatlari;
“suzuvchan” daromadli qarz majburiyatlari.
Ayrim hollarda qimmatli qog’ozlar bo’yicha qat’iy stavkalar foizlarni to’lash
borasida davlat xarajatlari o’sishining sabablari bo’lishi, boshqa bir hollarda esa ular
foiz darajasining oshishini kutib o’tirgan investorlarni qo’rqitib yuborishi mumkin.
Byudjet defitsitini qoplash uchun qarzlarni nisbatan yuqoriroq darajada
bo’lgan foiz stavkalarida joylash-tirishga to’g’ri keladi. Qarz muddati, odatda, 20-
30 yilni tashkil etayotgan qarz davri davomida o’zining qarz majburiyatlari
bo’yicha ana shunday foizni o’rnatib, davlat soliq to’lovchilarning zimmasiga
qo’shimcha xarajatlarni yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib ketishning
ikki varianti mavjud:
1) pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli qarzlar va
uzoq muddatli qarzlarni (foiz stakasi pasayib ketgan paytda) chiqarish bilan
qoplash. Biroq bu holda qarz oluvchi yana bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va
uni qaytarish (uzish) bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha xarajatlarni amalga
oshirishga majbur bo’ladi. Bundan tashqari, investorlar foiz stavkasining
(ko’tarilishini) kutib, ikkinchi chiqarilgan qarzga nisbatan qiziqish bildirmaslik
ehtimoli ham yerda bor;
2) qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lanadigan foizlarni uzluksiz ravishda
qayta ko’rib borish. Bu holda yuqorida keltirilgan barcha muammolar hal qilinadi.
Hisob-kitob asosi sifatida, odatda, mamlakatdagi banklararo kreditlar bo’yicha foiz
stavkasidan foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar juda katta kamchilikka ega, ya’ni
qarzdor o’z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga ega bo’lmaydi.
388
8)
Qarz chiqarilgan paytda belgilangan (o’rnatilgan) qarzni qaytarish