414
sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga, pensiya
tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga ega bo’lmagan qariyalarga va
mehnatga
layoqatsiz fuqarolarga, homiladorlik va tug’ish, farzand tug’ilganda, bola
parvarishi va boshqa holatlar bo’yicha vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yo’qotganligi uchun, kam ta’minlanganlik,
ishsizlik nafaqalardan va
boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.
Bolalikdan nogironlarga va o’n sakkiz yoshga to’lmagan OIV
infeksiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa.
Ushbu nafaqa O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-aprel kuni qabul qilingan
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” gi
Qaroriga asosan tayinlanadi.
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK)
tomonidan
bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II guruh nogironlari deb
e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar, kasallikning bosqichidan qat’i nazar, o’n
sakkiz yoshga to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslar,
shuningdek
nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo’lgan taqdirda 16
yoshgacha nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar
nafaqa olish huquqi paydo bo’lgandan so’ng biror-bir muddat bilan cheklashsiz,
istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. Nafaqa
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. Bunda o’n sakkiz yoshga
to’lmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida
bolalikdan nogironlar uchun belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqani
tayinlash Nafaqani tayinlash va to’lash O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar)
bo’limlari tomonidan, moliyalashtirish uchun mablag’lar davlat byudjeti
hisobidan amalga oshiriladi.
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo’lgan
taqdirda murojaat qilingan
kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta bolalikdan nogironga nafaqa
nogironlikning butun davriga tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa
berilgan muddatga tayinlanadi. OIV infektsiyasiga
chalingan shaxsga nafaqa u
o’n sakkiz yoshga to’lgungacha bo’lgan muddatga tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: