416
manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan mustasno) ega bo’lgan I
guruh nogironlarga va II guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik
nafaqasi mehnatga layoqat yo’qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi. D
avlat pensiyasi olish huquqiga ega
bo’lmagan shaxsning qaramog’ida bo’lgan oilaning mehnatga layoqatli
bo’lmagan a’zolari boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi vafot etganning oila a’zolariga vafot
etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega bo’lgan nafaqaga foiz nisbatida
quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga — nafaqaning
100 foizi;
oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75 foizi;
oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50 foizi.
Nafaqa olish huquqiga ega bo’lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot
etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan ish stajiga
ega bo’lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi
miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega bo’lgan oila
a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga
ko’ra uning nafaqadagi ulushi ajratiladi va unga alohida to’lanadi. Bunda
tayinlangan nafaqaning umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga
bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: