428
bo’lmagan qismini olishga muvaffaq bo’lish mumkin, xolos. Shu munosabat bilan
hatto, sog’lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo’lgan
tayyor mahsulot
realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so’ng pul mablag’iga aylanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivoj-lantirishga
mo’ljallangan XYSning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi uning kapitalidir.
Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-buyumlashgan
kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining
jismoniy va intellektual
qobiliyat-laridan iborat bo’lgan inson kapitali kapital mavjudligi va harakatining
boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab chiqarish
jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad keltiruvchi
har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo’lishi mumkin.
Tijoriy XYSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis
kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va
tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib
tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pul
shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va
intellektual mulk obyektlari, ulardan
foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar
ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni XYSning moliyaviy resurslari
tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi
tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul
shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XYSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z
navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan
takror ishlab
chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’lari
fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash
mumkin:
𝑻 = 𝑭
𝒂𝒂
+ 𝑭
𝒎𝒙𝒎
+ 𝑭
𝒊𝒉
+ 𝑭
𝒇
Dostları ilə paylaş: