430
Tijorat XYSlarning moliyaviy resurslari quyidagi manbalardan tashkil
topadi:
mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar
(foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni
tiklash fondi);
ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq bo’lmagan sotishdan keladigan
tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo’lmagan xizmatlar va
boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va
zayomlar; o’z aktsiyalari va qimmatli qog’oz-larning boshqa ko’rinishlarini
sotish; boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlari bo’yicha dividendlar va foizlar;
sug’urta qoplamalari va boshqalar);
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol
etkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo’yicha; sotsial sug’urtaga doir;
byudjet oldidagi va boshqalar);
badallar
va
maqsadli
xarakterdagi
tushilmalar
hisobidan
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy
shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.).
Dostları ilə paylaş: