437
Amortizatsiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalarning tasniflanish
tartibini (klassifikatsiyalanishini) har bir mamlakatning hukumati aniqlab beradi.
Amortizatsiya guruhlari ko’rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bo’yicha
foydali foydalanish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va
texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq to’lovchining o’zi tomonidan
o’rnatiladi.
Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning ikki
asosiy metodidan foydalaniladi:
chiziqli;
nochiziqli.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli metodi binolar,
inshootlar, uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish
muddatlariga bog’liq bo’lmagan holda qo’llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan
boshqa obyektlariga nisbatan amortizatsiya summalarini hisob-kitob qilishning
yuqoridagi ikki metodidan – chiziqli va nochiziqli - biri qo’llanilishi mumkin.
Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsiyaning
summasi shu obyekt uchun aniqlangan amortizatsiya normasi va obyektning
dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan quyidagicha aniqlanadi:
𝑵
𝒂
=
𝟏
𝒎
∗ 𝟏𝟎𝟎%
Dostları ilə paylaş: