438
sotishdan
tashqari boshqa daromadlar, asosiy fondlarni sotishdan olingan
daromadlar;
ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hisobidan erishilgan
foyda.
Ish tartibini o’zgartirish va dastgohlarni yuklash koeffitsientining oshirilishi,
intensiv foydalanishning o’sishi va asosiy vositalar
tarkibiy tuzilmasidagi
progressiv o’zgarishlar, kiritilgan quvvatlarning tez o’zlashtirilishi, innovatsion
yangiliklarni joriy etish fond qaytimi va boshqa ishlab chiqarish-iqtisodiy
ko’rsatkichlarni oshiradi.
Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilina-digan pul mablag’larining
manbalarini ikki guruhga bo’lish mumkin:
maqsadli moliyalashtirish va tushilmalar;
banklarning o’rta va uzoq muddatli kreditlari
hamda XYS tomonidan
texnikaviy qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilish,
yangi asosiy ishlab
chiqarish fondlarini yaratish (qurish) uchun milliy va xorijiy valyutada olingan
qarzlar.
Birinchi guruhning tarkibiga quyidagi manbalar kiradi:
hukumat organlaridan subsidiyalar shaklida olingan pul mablag’lari;
taraqqiyotning strategik yo’nalishini
amalga oshiruvchi maqsadli
dasturlar asosida investitsiyalar ko’rinishidagi byudjet mablag’lari;
kichik tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari
fondlarning mablag’lari;
hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa XYS
va tashkilotlardan moliyaviy tushil-malar.
Ikkinchi guruhga kiruvchi jalb qilingan moliyaviy resurslarning tarkibida
kreditorlik qarzlari ham muhim o’rinni egallaydi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy
resurslardan foydalanishning samaradorligi olingan samara va uni qo’lga kiritish
uchun sarf qilingan moliyaviy resurslar o’rtasidagi nisbat orqali ifodalanadi. Shu
munosabat bilan moliyaviy resurslardan foydalanishning sifat natijasini quyidagi
formula orqali ko’rsatish mumkin:
𝑴
𝒔
=
∆𝑭
𝑴
𝒓
∗ 𝟏𝟎𝟎%
Dostları ilə paylaş: