O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYoT VA SERVIS INSTITUTI
MARKETING
fanidan
TAQDIMOTLAR
Tayyorladi:
“Marketing" kafedrasi dosenti Xolmamatov D.H.
Samarqand - 2023 3-Ma’ruza. Marketing tizimida narx siyosati
Marketing kompleksida narx tushunchasi.
Marketing kompleksida narxlarning shakllanishi.
Marketing kompleksida narx belgilash usullari.
1. Marketing kompleksida narx tushunchasi
Narx – bu xaridor uchun ehtiyojini qondirish o’lchovidir Narx – bu sotuvchi uchun uning xarajatlari plyus olishni ko’zlayotgan foyda o’lchovidir Narx — bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir Narxning iktisodiy mazmunini uning funksiyalari ko’rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi. Agar bu yerda tovar siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o’zgarishi bilanoq tezda o’zgartirish mumkin bo’ladi.
Price
Marketingda narxning asosiy rol o’ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlariga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi.
F = (N . V) – C,
Bu yerda N- tovar narxi;
V- sotilgan mahsulot hajmi;
C- jami xarajatlar.
Price
Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Price
Narx qayishqoqligi ma’lum bir bozorda belgilangan vaqt davomida narxning har xil darajasida qancha mahsulot sotilishini ko’rsatadi. Ko’pchilik hollarda narx ortishi bilan talab pasayadi.
Price Talabning narxga bog’liq holdagi elastikligi – bu tovarning narxi bir foiz o’zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o’zgarishining foizlarda ifodalanishidir va u quyidagicha aniqlanadi:
Ўтган даврга тааллуқли ахборотлар
Жорий даврга тааллуқли ахборотлар
Келгуси даврга тааллуқли ахборотлар
2. Marketing kompleksida narxlarni shakllanishi
Juda past narx.
Bunday narxda foyda olish mumkin emas
Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.
Umuman korxonaning narx siyosati oltita bosqichga bo’linadi: vazifalarni aniqlash va maqsadlarni shakllantirish; bozor talablarini hisobga olish; xarajatlarni belgilash; raqobatchilarning narxlarini tahlil qilish; narxlarni shakllantirish usulini tanlash; yakuniy narxni aniqlash.
3. Marketing kompleksida narx belgilash usullari.
Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.
Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi.
Talabga asoslangan usul. Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste’molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya’ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar.
Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta’sir ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini o’rganish – narx shakllanishi sohasida muhim elementlardan biri hisoblanadi.