2. Moliyaviy va operativ leverej Operativ leverej. Agar firmada o’zgarmas operativ xarajatlar bo’lsa, u
operativ leverej ta’siri ostida bo’ladi. Shuningdek, operativ leverej firma operativ
daromadlarining savdo hajmidagi o’zgarishlarga nisbatan ta’sirchanligini
oshiradi.
Masalan, yuqori leverejga ega firmalarning savdo hajmi o’sishi bilan,
ularning daromadlari keskin ko’payadi. Xuddi shuningdek, leverej qancha yuqori
bo’lsa savdo hajmi o’sishi daromadlarni shunchalik keskin bo’lmagan ortish sodir
bo’ladi. Buni qanday ishlashini ko’rsatish uchun Pierce Grain kompaniyasin
misolini ko’rib chiqamiz. Firmaning joriy savdo hajmi 16-jadvalda
ko’rsatilganidek $300,000 ni tashkil qiladi. Agar Pierce kompaniyasining savdo
hajmi 20 foizga, ya’ni $360,000 gacha o’sganda biz firmaning FSTD si $20,000
dan $44,000 ga ortganini hisoblab chiqargan bo’lar edik. E’tibor qaratingki, biz 2
jadvalning so’nggi ustunida daromadlar va FSTDning foizdagi o’zgarishini
hisoblaymiz. Daromadlar atiga 20 foizga o’sgan bo’lsa, FSTD 120 foizlik juda
katta o’sish tendensiyasiga ega. Bunday farqlanishning asosiy sababi operativ
leverej samarasidir. Agarda Pierce kompaniyasi operativ leverejga ega
bo’lmaganda (ya’ni, uning barcha xarajatlari o’zgaruvchan bo’lganda), FSTD
ham xuddi daromadlarga o’xshab 20 foizga o’sgan bo’lar edi. Shunisi e’tiborliki,
agar Pierce kompaniyasi o’z daromadlarida 20 foizlik kamayishga duch kelganda,
xuddi FSTD ham 120 foizga tushib ketgan bo’lar edi. Aniq ko’rinib turibdiki,
operativ leverej qancha yuqori bo’lsa, FSTD shunchalik o’zgaruvchan bo’ladi!
16-jadval Operativ leverejning FSTD ga ta’sir qilish mexanizmi: Pierce Grain kompaniyasi savdo hajmining o’sishi Ko’rsatkich Bazis davrdagi savdo hajmi, t