Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2-MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM 
REJA: 
1.
 
Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari 
2.
 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi 
1.
 
Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari 
Faoliyat jarayonida turli pul fondlardan shakllanadigan va foydalaniladigan 
moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui 
moliyaviy tizim
deyiladi. Unga 
boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini 
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga 
moliyaviy tizim
deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: “Xo’jalik 
subyektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul 
mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri 
bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va 
sohalarining yig’indisi 
moliyaviy tizim
deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining 
taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va
prinsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning 
hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan 
obyektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, 
dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi
22


davlat moliyasi va mahalliy moliya
22
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. 
Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N., 
Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va 
xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari 
(Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy 
tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab 
chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u 
tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga mazmunan mos kelgan edi. 


54 

xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va 
daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda 
bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy 
moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin: 

davlat byudjeti; 

byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari; 

davlat krediti. 
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan 
iborat: 

tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; 

moliyaviy vositachilar moliyasi; 

notijorat tashkilotlari moliyasi. 
Yuqorida keltirilganlarni rasm ko’rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin