824
olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talaba fandan
yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi
shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan “2” (qoniqarsiz) baholangan talaba
yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy
nazorat
(YN)
talabalarning
bilimini
baholash
o‘quv
mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga
oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi
yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi.
YN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv
jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi:
Baho
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning
asoslanishi
5 (a’lo)
-
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay
oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga
ega deb topilganda;
4 (yaxshi)
-
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi,
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda;
3 (qoniqarli)
-
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb
topilganda;
2 (qoniqarsiz)
-
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega emas deb topilganda.
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan
taqdirda, baholash
natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi
mumkin.
YNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha
“2” (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Fandan
akademik qarzdor talabaga nazorat turlari (ON va YN)ni qayta topshirish uchun
1 oy muddat beriladi.
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda
o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat
turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi
“3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini
qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.