Davlatiy moliya


VII. FAN BO‘YICHA KURS ISHI



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə396/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

VII. FAN BO‘YICHA KURS ISHI 
O’quv rejaga asosan ushbu ishchi o’quv dasturi bo’yicha sirtqi ta’lim 
shaklida “Moliya” fani o’qitiladigan ta’lim yo’nalishlarida kurs ishi bajarilishi 
ko’zda tutilmagan. 
VIII. FAN BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH VA 
NAZORAT QILISH ME’ZONLARI 
Fandan talabalarning bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. 
Fandan nazorat turlari. 
Fandan talabalarning bilimini nazorat qilish oraliq 
va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Fandan nazorat 
turlari bo‘yicha topshiriqlarning mazmuni talabaning bilimini xolis, obyektiv va 
aniq baholash imkoniyatini ta’minlaydi. 
Oraliq nazorat (ON)
semestr davomida o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq 
o‘quv mashg‘ulotlari davomida o’qishning sirtqi ta’lim shaklida 1 marta 
o‘tkaziladi. 
ON bo‘yicha talabalarning bilimini baholash fandan o‘quv mashg‘ulotlarini 


824 
olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba fandan 
yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar ONni topshirgan bo‘lishi 
shart. ONni topshirmagan, shuningdek undan “2” (qoniqarsiz) baholangan talaba 
yakuniy nazoratga kiritilmaydi. 
Yakuniy 
nazorat 
(YN) 
talabalarning 
bilimini 
baholash 
o‘quv 
mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga 
oshiriladi. Fandan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi 
yakuniy nazoratni o‘tkazishda ishtirok etmaydi. 
YN shakli kafedra tomonidan belgilanadi hamda u semestr yakunida o‘quv 
jarayoni jadvaliga muvofiq quyidagi mezonlarga asoslanib o‘tkaziladi: 
Baho 
Talabaning bilimiga qo‘yilgan talablarning 
asoslanishi 
5 (a’lo) 
-
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay 
oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda 
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
tasavvurga ega deb topilganda
4 (yaxshi) 
-
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda 
qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, 
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
tasavvurga ega deb topilganda; 
3 (qoniqarli) 
-
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning 
(mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib 
beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb 
topilganda;
2 (qoniqarsiz) 
-
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) 
mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
tasavvurga ega emas deb topilganda. 
Talaba fandan baholanishi natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash 
natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi 
mumkin. 
YNga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha 
“2” (qoniqarsiz) baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Fandan 
akademik qarzdor talabaga nazorat turlari (ON va YN)ni qayta topshirish uchun 
1 oy muddat beriladi. 
Nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda 
o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat 
turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin. Fandan nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi 
“3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo)ga baholanganda, nazorat turini 
qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.


825 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin