184
biznesni to‘xtatishga qaror qilsa va o‘zining barcha aktivlarini sotayotgan bo‘lsa,
u holda oddiy aksiyalarga egalik
qiluvchi barcha aksiyadorlar,
barcha
kreditorlarga tegishli bo‘lgan summalar to‘lab bo‘lingandan
keyin nima qolsa
hammasini o‘zaro bo‘lishib oladilar.
Oddiy aksiyalar unga egalik qiluvchining
cheklangan
bilan tavsiflanadi. Bu,
agar firma yopilayotgan bo‘lsa, va uning aktivlarini sotishdan tushgan daromad
uning hamma qarzlarini yopishga yetmayotgan bo‘lsa,
unda kreditorlar
aksionerlardan qarz majburiyatlari bilan to‘liq
hisob-kitob qilish uchun
qo‘shimcha mablag‘ talab qilish huquqiga ega emasliklarini anglatadi. Bu yerda
kreditorlarning korxonaga talablari uning aktivlariga bo‘lgan
talablari bilan
cheklanib qoladi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar
deb,
bahosi boshqa aktivlar, masalan,
aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki
qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi.
Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk
darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning
kengroq tarqalgan turlari
opsionlar
va
forvard kontraktlari
hisoblanadi.
Sotib olishga opsion,
yoki
“koll” opsion
– bu
egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish
muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga
qadar istalgan paytda
sotib olish
huquqini beradigan vositadir.
Dostları ilə paylaş: