Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
177
-
ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotning bu qismi 
vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional 
kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini 
tekshirishdan, ayrim harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, 
bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning asosiy qismida 
kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan 
iboratdir. Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qad-qomatni 
tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam 
beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, 
bajarilishi ko‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va 
ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday 
mashqlarga quyidagilar kiradi: 
-
saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta 
saflanishlar; 
-
turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish; 
-
tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va 
kichik davra, kolonna va hakozo bo‘lib saflanish; 
-
turli ko‘rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish 
maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin 
shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar. 
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to‘rttadan bo‘lib, 
saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni 
mashg‘ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivoj-
lantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xizmat qiladi. 
Bu qism kichik guruhlarda 2-4 daqiqagacha, o‘rta guruhlarda 
3 dan 5 daqiqagacha, katta guruhlarda 4 dan 6 gacha davom 
yetadi. Mashg‘ulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni. 
Mashg‘ulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni 
umumrivojlantiruvchi mashqlarga, so‘ngra asosiy harakatlarga 


-
178
-
o‘rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari 
belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga 
o‘rgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali 
bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli 
variantlardan 
foydalanib 
takrorlashni, 
mustahkamlanish 
bosqichidagi 
harakat 
ko‘nikmalarini 
takomillashtirishni 
ko‘zda tutadi. Shundan so‘ng barcha bolalarni intensiv 
harakatga tortadigan qoidali harakatli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini 
hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida 
belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki 
juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).
Umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni 
bolalar 
kichik 
buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, 
shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning 
funksional holatini yaxshilashga ta’sir yetadi. Dastlab to‘g‘ri 
qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish 
maqsadida qo‘l mushaklari va yelka kamari mushaklarini 
rivojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. 
Ikkinchi 
navbatda 
gavda 
uchun, 
orqa 
mushaklarni 
mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi 
(oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani 
aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi navbatda qorin va 
oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (cho‘qqayish, tizzadan 
bukilgan oyoqlarni ko‘tarish…) mashqlari beriladi. Shundan 
so‘ng asosiy harakatlarni o‘rgatishga o‘tiladi. Bunda ulardan 
biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa o‘rganish va 
takomillashtirish 
bosqichida 
bo‘ladi. 
Mashg‘ulotning 
umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni 
o‘rgatish 
bilan 
olib 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin